Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

6. Sul’fatlar sinfiga oid minerallar juda ko‘p va xilma xil birikmalar hosil 
qilsa-da, yer qobig‘ida keng tarqalgani kam. Sul’fatlar: barit – BaSO
4
,sselestin – 
SrSO
4
, anglezit –PbSO
4
, angidrit-CaSO
4
, gips – CaSO
4
2H
2
O, mirabilit - Na 
SO
4
10 H
2
O va boshqalar. 
7. Silikatlar sinfiga juda ko‘p minerallar kiradi. Bizga ma’lum 
minerallarning 1/3 qismini tashkil etadi. Bu guruhga kiruvchi minerallar barcha 
tog‘ jinslarining asosiy qismini tashkil etadi va “jins hosil qiluvchi minerallar” deb 
ataladi. Shuning uchun ham ular sinchkovlik bilan batafsil o‘rganilgan. 
Rentgen 
yordami bilan o‘tkazilgan tekshirishlar (kristallokimyoviy 
kuzatishlar) tufayli silikatlarni ichki tuzilishining ularning kimyoviy tarkibi bilan 
uzviy bog‘liqligi aniqlangan. Shu bilan birga minerallarning muhim fizik 
xususiyatlarini, hatto ma’lum darajada genezisini (hosil bo‘lishini) aks ettira oladi. 
Silikatlarning tuzilishini rentgenoskopik yo‘l bilan tekshirish natijasida ular 
quyidagi sinflarga: orolsimon, zanjirsimon, lentasimon, varaqsimon va 
to‘qimasimon silikatlar sinflariga bo‘linadi. 
 Sof tug‘ma elementlar
Bu guruh minerallarining soni 80 dan ortiq. Bulardan 30 tasi metallar va ular 
ba’zan “asl elementlar” ham deyiladi. Er po‘stida sof tug‘ma elementlarning 
umumiy miqdori 0,1% ni tashkil etadi. Bu miqdorning 0,04% ni azot va 0,01-
0,02% ni kislorod tashkil etadi. Sof tug‘ma elementlarga platinoid va temir guruhi 
minerallari ham kiradi. Mendeleev jadvalining o‘ng qismida joylashgan 
margimush, surma va vismut minerallari boshqalariga nisbatan kengroq tarqalgan.


83 
Sof tug‘ma elementlarning kristall strukturasi juda xilma-xil. Atomlari 
orasidagi bog‘lanish o‘ta kuchli. 
Ushbu guruhga kiradigan metallar elektrni va issiqlikni yaxshi o‘tkazadi. 
Yana bir xususiyatlari ularni jilolaganda yuzasi kuchli yaltiraydi va Yuqori 
darajada nur qaytarish xususiyatga ega bo‘ladi. Bu guruhga kirgan platinoidlar va 
oltinlarning solishtirma og‘irligi barcha ma’lum minerallar solishtirma og‘irligidan 
juda katta. Bu guruhga kiruvchi metallarning yana bir xususiyati - ularning 
pachaqlanuvchanligi va egiluvchanligidir. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling