Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 


87 
Sof tug‘ma oltin - Au 
Oltin kimyoviy sof holda juda kam uchraydi. Aralashma sifatida ko‘pincha 
kumush keladi (15% gacha). Tarkibidagi mis, palladiy va vismutning miqdoriga 
bog‘liq ravishda oltinning quyidagi xillari ma’lum: misli oltin (kuproaurit) – mis 
miqdori 20% gacha bo‘lishi mumkin, palladiyli (porpetsit) – palladiy miqdori 5 
dan 10% gacha, vismutli (bismutoaurit) – vismut miqdori 4% gacha. 
Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik – 3L
4
4L
3
6L
2
9PC. 
Fazoviy gruppasi: a
0
=4.0699. 
Oltin kvars yoki ruda massasi orasida, ba’zan mikroskopda ham ajratish 
qiyin bo‘lgan, mayda noto‘g‘ri shaklli xol-xol donalar holida, plastinkasimon 
tarzda uchraydi. Daryo vodiylaridagi sochilmalarda qirralari edirilib silliqlangan 
bir necha grammdan to bir necha o‘n kilogrammgacha bo‘lgan sof tug‘malari 
topilgan. 
Hozirgi paytgacha topilgan sof tug‘ma oltinning eng kattasi «Xolterman 
plitasi» deb atalib, uning tog‘ jinsi bilan og‘irligi 260 kg, tarkibidagi sof tug‘ma 
oltin 93,3 kg ga teng bo‘lib, 1872 yil Avstraliyaning Xill-End konidan topilgan. 
Sof tug‘ma oltinning eng katta bo‘laklari «Yoqimli notanish» (59,67 kg – 1857 yil) 
va «Kutilgan mehmon» (68,08 kg – 1869 yil) ham Avstraliyani Viktoriya 
provinsiyasida topilgan. 
Oltin kristallari kam uchraydi, lekin kumush va mis kristallariga nisbatan 
ko‘proq uchraydi. Ular asosan oktaedrik va romboedrik qiyofaga ega bo‘lib, 
ba’zan kub shaklida ham uchraydi. 
Sof tug‘ma oltinning rangi tilla-sariq (kumushga boy xillari och sariq) 
bo‘ladi. Chizig‘i metallsimon sariq, yaltirashi metalldek, qattiqligi 2,5-3,0. Oltin 
eziluvchan va cho‘ziluvchandir. Ulanish tekisligi yo‘q. Solishtirma og‘irligi 15,6-
18,3 (sof oltinniki 19,3 gacha etadi). U yuqori darajada issiqlik, elektr o‘tkazish 
xususiyatiga ega. 
Sof tug‘ma oltinni aniqlash uchun uning tilla-sariq rangi, eziluvchanligi, 
solishtirma og‘irligini Yuqoriligi, qattiqligining kichikligi va havoda o‘zgarmasligi 
xarakterli belgi bo‘lib hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,35; 


88 
2,03; 1,226. kislotalardi erimaydi. Dahandam alangasida eriydi. (erish 
temperaturasi 1062°C). 
Oltinning asosiy sanoatbop konlari gidrotermal jarayonlar (tub konlar) va 
sochilma konlar (ikkilamchi konlar) bilan bog‘liq. Lekin oltin magmatikdan tortib 
cho‘kindi jinslargacha bo‘lgan tog‘ jinslarida aralashma sifatida uchraydi. Asosan 
nordon tog‘ jinslari bilan bog‘liq bo‘lgan gidrotermal konlarda oltin, kvars 
tomirlarida har xil sul’fidlar (17.2-rasm) bilan birgalikda uchraydi.
Mikroskopik tekshirishlarni ko‘rsatishicha, oltin boshqa minerallarga nisbatan 
keyinroq yuzaga kelib ko‘pincha mineral orasidagi darzliklarda uchraydi. 
Ko‘rinadigan oltindan tashqari juda mayda tarqoq holda sul’fidlarda uchraydigan 
«bog‘langan» oltin ham bo‘ladi. Bunday oltin asosan pirit va arsenopiritda uchrab, 
faqat kimyoviy analizlar orqali aniqlanadi (Masalan: Ruminiyadagi Zlatna 
konidagi arsenopiritdagi oltin miqdori 0,07% yoki 700 g/m ni tashkil qiladi). 
Dunyodagi oltinni yirik gidrotermal konlaridan Rossiya, Avstraliya, Yangi 
Zelandiya, Amerikani g‘arbiy shtatlari, Kanada konlarini ko‘rsatish mumkin. 
Oltinni sochilma konlari esa Uralda, Sibirda, Avstraliyada, Amerikaning 
Kaliforniya shtatida, Janubiy Afrikada ma’lum. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling