Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Sof tug‘ma temir – Fe
Yer qobig‘ida uchraydigan sof tug‘ma temirni kelib chiqishiga qarab, kam uchraydigan tellurik (erda paydo bo‘lgan) va kosmik (meteorit tarzida yer yuziga kelib tushgan) mahsulotlarga ajratish mumkin. Tellurik temir tarkibida aralashma sifatida Ni, Co, Cu, Pt va boshqalar uchraydi. Singoniyasi kubik. Simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik – 3L 4 4L 3 6L 2 9PC. Fazoviy panjarasi markazlashgan kub shaklida bo‘lib, a 0 =2,8607. Temirni kristallari juda mayda bo‘lib, haddan tashqari kam uchraydi. Odatda mayda – mayda noto‘g‘ri donachalar shaklida topiladi. Temirni rangi po‘latdek kulrang, yaltirashi metallsimon. Chizig‘ini rangi ham po‘latdek kulrang. Kuchli magnitlik hususiyatiga ega. Egiluvchan. Qattiqligi 4-5. Solishtirma og‘irligi 7-7,8. Sof tug‘ma temir uchun diagnostik belgi bo‘lib kuchli magnitlik va egiluvchanlik hususiyati hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,02; 1,430; 1,168. Sun’iy yo‘l bilan temirni metallurgiya jarayonida uglerod yordami bilan quyidagi qaytarilish reaksiyasi orqali temir rudalaridan olish mumkin: 2Fe 2 O 3 + 3C = 4Fe + 3CO 2 Tellurik temir mayda donachalar tarzida, ba’zan uyumlar xolida asos va o‘ta asos jinslarda uchraydi. Bundan tashqari donalar tarzida sochilma konlarda ham uchraydi. Hosil bo‘lishiga qarab tellurik temir magmatik va yer yuzi mahsuloti bo‘lishi mumkin. Birinchi holda u asos va o‘ta asos tog‘ jinslarini kristallanishidan yuzaga kelsa, ikkinchi holda esa nurash jarayonida yuzaga keladi. O‘zbekistonda sof tug‘ma temir Farg‘ona vodiysida topilgan. 91 Poliksen – (Pt, Fe) Tabiatda platina toza holda uchramaydi. Aralashma sifatida Fe, Jr, Pd va Rh (ba’zan Ni va Cu) uchraydi. Shuning uchun nomi poliksen (grekcha «poli» - ko‘p, «ksenos» - o‘ziga degan ma’noni bildiradi). Poliksen tarkibida Pt – 80-88%, Fe – 9-11% bo‘ladi. Izomorf aralashma sifatida Jr, Pd, Rh, Ni, Cu keladi. Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik - 3L 4 4L 3 6L 2 9PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =3,91. Poliksen ko‘pincha noto‘g‘ri shaklli donalar holida uchraydi, ba’zan yaxlit massalar holida to‘planib sof tug‘malar hosil qiladi. Uning eng yirik sof tug‘malari Uralda topilgan bo‘lib tub konlardan topilgan 427,5 gramm, sochilma konlardan topilgani 9,62 kg keladi. Ba’zan kubik qiyofaga ega bo‘lgan mayda kristallari ham uchraydi. Ba’zan qo‘shaloq kristallari ham uchraydi. Poliksenning rangi kumushdek oqdan po‘latdek kulranggacha. Chizig‘i metalasimon po‘latdek kulrang. Yaltirashi metallsimon. Ulanish tekisligi yo‘q. Qattiqligi 4-4,5 solishtirma og‘irligi 15-19. elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. Magnitlik xususiyatiga ega. Silliqlangan shliflarda nurni qaytarish ko‘rsatkichi Yuqori: 65-70%. Poliksenni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib Yuqori darajadagi solishtirma og‘irligi, kislotalarda erimasligi va dahandam alangasida erishi hisoblanadi. Poliksen asosan magmatik sharoitlarda hosil bo‘lib, barqarorligi tufayli sochilma konlarda ham to‘planadi. Magmatik konlarda platina gruppa minerallari o‘ta asos va asos intruziv jinslarda uchraydi. Platinani konlari Kanadada (Sedberi), Kolumbiyada, Yangi Zelandiyada, Uralda ma’lum. Platina O‘zbekistonda kam uchraydigan minerallar qatoriga kirib Chotqol tog‘larida va Markaziy Qizilqum konlarida uchratilgan. Platina gruppasi metallarining eng muhim xususiyati ularning qiyin erishi, elektr o‘tkazuvchanligi va kimyoviy turg‘unligidir. Bu metallarning bunday xususiyatlari ularni ximiya sanoatida (laboratoriya idishlari tayyorlashda, sul’fat kislotasi ishlab chiqarishda va boshqalarda), elektrotexnikada va sanoatning 92 boshqa tarmoqlarida ishlatilishiga sabab bo‘ladi. Platinani ancha miqdori zargarlikda va tishni protezlashda sarflanadi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling