Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Sof tug‘ma mis – Cu 
Kimyoviy jihatdan odatda toza holda bo‘ladi. Ba’zan tarkibida aralashmalar 
sifatida Ag, Au, Fe (2,5% gacha) bo‘lishi mumkin. Xillari: oltinli mis (tarkibidagi 
oltin miqdori 2-3%), vitneit – tarkibidagi oltin miqdori 11,6% gacha.
Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik - 3L
4
4L
3
6L
2
9PC. 
Fazoviy gruppasi: a
0
=3,6077. 
Agregatlari tog‘ jinslari bo‘shliqlarida yuzaga keladigan noto‘g‘ri shaklli 
dendritlar va plastinkalar tarzida uchraydi. Ayrim konlarda og‘irligi bir necha 
tonna keladigan massalari ham uchraydi. Masalan, Amerikaning Yuqori ko‘l 
rayonida sof tug‘ma misning 1000 tonnagacha bo‘lgan yaxlit massalari topilgan. 
Yaxshi qirralangan kristallari juda kam uchraydi, ular ko‘pincha kubik gabitusga 
ega. Qo‘shaloq bo‘lib o‘sishgan kristallari ham uchraydi.
Rangi mis-qizil bo‘ladi (17.1-rasm). Chizig‘i metalldek yaltiraydi. Yaltirashi 
metallsimon. Qattiqligi 2,5-3,0. Soltishtirma og‘irligi 8,5-8,9. egiluvchan 
xususiyatga ega. Ulanish tekisligi yo‘q. Elektr tokini juda yaxshi o‘tkazadi. 
Qaytarish ko‘rsatkichi 90%. 
Misni rangi, egiluvchanligi va solishtirma og‘irligiga qarab oson bilish 
mumkin. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,085; 1,806; 1,276. 
Suyultirilgan HNO
3
da oson eriydi, sul’fat kislotada qiyin eriydi. Dahandam 
alangasida eriydi (erish temperaturasi 1080-1398°C). 


84 
Misni sun’iy yo‘l bilan organik va noorganik moddalar bilan qaytarish 
jarayonlarida eritmalardan osonlikcha olish mumkin. Elektroliz natijasida misning 
yaxshi kristallari yuzaga keladi.
Sof tug‘ma mis har xil geologik jarayonlarda yuzaga kelib, uning asosiy 
uyumlari gidrotermal va ekzogen jarayonlar bilan bog‘liq. 
Sof tug‘ma misning gidrotermal yo‘l bilan hosil bo‘lish jarayonini, mis va 
temir xloridlarining o‘zaro ta’sirida bo‘ladigan quyidagi reaksiya asosida 
tushuntirish mumkin: 
2FeCl
2
+CuCl
2
+3H
2
O=Cu+Fe
2
O
3
+6HCl 
gematit
Sof tug‘ma misni cho‘kindi jinslar oksidlanish zonasida hosil bo‘lishini 
quyidagi reaksiyalar asosida tushuntirish mumkin: 
Cu
2
S+2O
2
=CuSO
4
+Cu 
xal’kozin
2CuO+C=2Cu+CO
2
tenorit 
Cu
2
O+H
2
SO
4
=CuSO
4
+H
2
O+Cu 
kuprit
Ekzogen konlarda sof tug‘ma mis kuprit, xal’kozin, qo‘ng‘ir temirtoshlarda 
malaxit bilan birgalikda uchraydi. 
Sof tug‘ma mis yerning yuza qismida barqaror bo‘lmay kislorodli muhitda 
kuprit (Cu
2
O) va tenoritga (CuO), suv-havoli muhitda – malaxit [CuCO
3
∙Cu(OH)
2

va azurit [2CuCO
3
∙Cu(OH)
2
] ga aylanadi. 
Misning yirik konlari Amerikani Yuqori ko‘l rayonida, Uralda, 
Qozog‘istonda ma’lum. 
O‘zbekistonda mis ko‘pgina olimlar tomonidan bo‘r va Yuqori uchlamchi 
davr yotqiziqlarida bo‘lgan misli qumtoshlarda ko‘rsatib o‘tilgan. Juda oz 
miqdorda Qurama tog‘laridan rudali konlarni oksidlanish zonasida ham uchraydi. 
Bo‘r va Yuqori uchlamchi davr misli qumtoshlari O‘zbekistonda juda keng 
tarqalgan. Misli qumtoshlar Farg‘ona vodiysini shimoli-g‘arbiy qismida (Naukat, 
Varzik, Shakaptar va boshqalar), Hisor tog‘larini janubi-g‘arbida (Shakarlikoston, 
Ko‘hitang, Tyubegatan, Qovurdoq va boshqalar) juda ko‘p uchraydi.


85 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling