Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
 
 
 
 
 
 
17.1-rasm. Sof tug‘ma mis, qizil rang. 
Mis xalq xo‘jaligini har xil sohalarida, ko‘proq qismi mashinasozlikda, 
metallurgiyada, elektrotexnikada, asbobsozlikda ishlatiladi. Mis tangalar 
tayyorlashda ham ishlatiladi. 
Sof tug‘ma kumush – Ag 
Tarkibiga bog‘liq ravishda quyidagi xillari ma’lum: kyustelit (oltin miqdori 
10% gacha), misli kumush (mis miqdori 0,1% gacha), vismutli kumush 
(tarkibidagi vismut 5% gacha), surmali kumush (tarkibidagi surma 11% gacha), 
simobli kumush – kongsbergit (tarkibidagi simob 5% gacha), arkverit (simob 13% 
gacha), bordozit (tarkibidagi simob 30,7% gacha). 
Singoniyasi kubik. Simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik - 3L
4
4L
3
6L
2
9PC. 
Fazoviy gruppasi: a
0
=4,0772. 
Kumush yupqa plastinkalar, barglar va «to‘qilgan» dendritlar shaklida 
uchraydi. Simga o‘xshash shakllari ko‘proq uchraydi. Kumushning noto‘g‘ri 
shaklli donalari va yirik yaxlit bo‘laklari, ya’ni sof tug‘malari tabiatda ko‘proq 
tarqalgan. Saksoniyadagi Shneeberg konidan 40 tonnali, Freybergdan 5 tonnali sof 
tug‘ma kumush topilgan. Chilidan 1,5 tonna og‘irlikdagi plastinkasimon sof 
tug‘ma kumush topilgan. Kristall sifatida kumush juda kam uchraydi. Kumush 
kristallari odatda kubik, oktaedrik va juda oz miqdorda dodekaedrik qiyofaga ega. 
Qo‘shaloq kristallari ham uchraydi. Rangi kumushdek oq, usti ko‘pincha qora gard 


86 
bilan qoplangan bo‘ladi. Qattiqligi 2,5-3. pachaqlanuvchan. Ulanish tekisligi yuq. 
Solishtirma og‘irligi 10.1-11.1. U eng yaxshi issiqlik va elektr o‘tkazuvchandir. 
Nurni qaytarish ko‘rsatkichi juda yuqori 95%. 
Kumush rangiga, o‘ziga xos ilgaksimon, zirapchasimon sinishiga, 
qattiqligining 
kichikligi 
va 
solishtirma 
og‘irligia 
qarab 
aniqlanadi. 
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,37; 2,05; 1,232. HNO
3
va HCl da erib 
suzmasimon oq cho‘kindi ajralib chiqadi – AgCl. H
2
S ta’sirida qorayadi. 
Dahandam alangasida eriydi (erish temperaturasi 960°C ga yaqin). 
Sof tug‘ma kumush gidrotermal va ekzogen jarayonlarda yuzaga keladi. 
Kumushni gidrotermal konlarini uch tipga ajratish mumkin: 1) argentit (Ag
2
S) 
bilan birgalikda gidrotermal tomirlarda; 2) Har xil metallarni murakkab 
oltingugurtli, margimushli, sur’mali birikmalari bilan bir assotsiatsiyada, bular 
ichida ko‘proq tarqalganlari kal’sitli va baritli tomirlarda uchraydigan kobal’tin 
(CoAsS), safflorit (CoAs
2
), arsenopirit (FeAsS), nikelin (NiAs). 3) Uranit (UO
2

va nikel’-kobal’tli minerallar bilan. 
Sof tug‘ma kumushning konlari Norvegiyada (Kongsberg koni), Kanadada 
(Kobal’t koni, bu erda 612 kg li kumush topilgan), Saksoniyada (Shneeberg koni), 
Chexoslovakiyada (Yaximov koni) topilgan. Ekzogen sharoitlarda kumush
tarkibida kumush bo‘lgan oltingugurtli va margimush-sur’mali konlarni 
oksidlanish zonasida va ikkilamchi boyitish zonasida uchraydi. Bu sharoitdagi 
konlar Meksikada, Amerikada, Kanadada ma’lum. 
O‘zbekistonda sof tug‘ma kumush Qurama tog‘laridagi konlarda, Sharqiy 
Qoramozor polimetall konlarida gipogen va gipergen holda uchraydi. 
Kumush asosan mis bilan qotishtirilib kumush buyumlar, tangalar va boshqa 
narsalar tayyorlashda ishlatiladi. Sof kumush nozik zargarlik ishlarida, ishqor 
eritiladigan tigellar tayyorlashda, buyumlarni kumush bilan oqartirishda, kimyoviy 
birikmalar hosil qilishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Kumushning asosiy 
massasi (80% ga yaqin) sof tug‘ma holda emas, balki kumushga boy qo‘rg‘oshin-
rux, oltin va mis konlaridan qo‘shimcha mahsulot sifatida olinadi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling