Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Nazorat savollari: 
1. Erta magmatik konlar deb nimaga aytiladi? 
2. Skarn deganda nimani tushunasiz. 
3. Past temperaturali gidrotermal jarayon nima? 
4. Pegmatitlar deganda nimani tushunasiz? 
5. Cho‘kindi hamda kimyoviy jarayonlarda qanday minerallar hosil bo‘ladi? 
 
 


81 
17. Sof tug‘ma elementlar 
Minerallar fizik – kimyoviy jarayonlar natijasida yer yuzi va ichki qismida 
vujudga keladi. Har bir mineral faqat o‘ziga xos kristallik tuzilishiga ega bo‘lgan 
aniq tabiiy birikmadan iborat va kimyoviy elementlardan tuzilgan.
Minerallar tasnifini tuzishda asosan kimyoviy ichki tuzilishi prinsipiga amal 
qilinadi. Minerallar o‘zlarining kimyoviy birikmalari turiga qarab sinflarga va 
guruhlarga ajratiladi. Xullas, ma’lum bo‘lgan minerallarning hammasi kimyoviy 
tarkibi va kristall tuzilishiga qarab sinflarga bo‘linadi. 
1. Sof tug‘ma elementlar sinfi. Bu elementlar soni 30 dan ortiq. Ko‘pchilik 
qismini metallar tashkil etadi. Sof elementlarning yer qobig‘idagi miqdori - 0,1%. 
Metall xillariga oltin, kumush, mis, platina va nometall turlariga oltingugurt
grafit, olmos kiradi. 
2. Sul’fidlar va sul’fotuzlar sinfi. Bu guruhga kiruvchi 40 dan ortiq 
metallar oltingugurt, selen, tellur, margimush va surmalar bilan birikmalar hosil 
qilib, og‘irlik miqdori Yer qobig‘ining 0,15% ga teng. Bu guruhga oid 
minerallarning eng muhimlari: xal’kozin – CuS
2
, argentit –Ag
2
S, galenit – PbS, 
sfalerit – ZnS, grinokit – CdS, kinovar’ – HgS, nikelin – NiS, pentlandit – (Fe, 
Ni)
9
S
8
, xal’kopirit – CuFeS
2
, auripigment–As
2
S
2
, real’gar –AsS, antimonit–Sb
2
S
3

vismutin –Bi
2
S
3
, molibdenit–MoS
2
, pirit – FeS
2
, kobal’tin–SoAsS, arsenopirit - 
FeAsS va boshqalar. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling