Kristallografiya va mineralogiya


 Minerallarning magnitlik xususiyati


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
15.8. Minerallarning magnitlik xususiyati 
Tabiatda magnitlik xususiyatiga ega bo‘lgan minerallarning soni unchalik 
ko‘p emas, shuning bu xususiyat minerallarni aniqlashda diagnostik belgi sifatida 
muhim ahamiyatga ega. 
Minerallarning magnitlik xususiyati erkin aylanadigan magnit strelkasi 
yordami bilan tekshirilayotgan mineral namunasini shu strelkaga yaqinlashtirish 
yo‘li bilan aniqlanadi. 
Magnitlik xususiyatiga qarab minerallarni quyidagicha ajratishimiz mumkin: 
Ferromagnit minerallar, bu minerallar magnitlik xususiyatiga ega bo‘lib 
(ya’ni magnitdan iborat) temir qirindisi, mix va boshqa buyumlarni o‘ziga tortadi. 
Masalan: magnetit, nikelli temir, ferroplatina. 
Ferromagnit xususiyatiga ega bo‘lgan minerallar halq xo‘jaligi va fanda 
muhim ahamiyatga ega. Bu xususiyatdan rudalarni boyitish ishlarida (magnit 
yordamida saralash), ayrim minerallarni qidirishda (magnetit) va aniqlashda, 
radiotexnikada foydalaniladi. 
Tabiatda magnitdan qochuvchi minerallar ham mavjud, ya’ni mineralni 
magnit strelkasiga yaqinlashtirsak strelka bu mineraldan qochadi. Bunday 
minerallarga diamagnit minerallar deyiladi. Masalan: sof tug‘ma vismut. 
Tabiatda magnit strelkasiga hamma minerallar ham ta’sir etavermaydi. 
Magnit strelkasiga ta’sir qilish ayrim minerallar uchun xosdir. Shuning uchun 
magnit kuchiga ta’sir qiladigan yoki boshqacha qilib aytganda magnit kuchiga 
tortiladigan minerallarni paramagnit mineral deyiladi. Masalan: temir qirindisi, 
siderit. 
Minerallarning magnitlik xususiyati ularning kristall strukturasiga bog‘liq 
bo‘lib, ferromagnit minerallarda metall bog‘lanishga, paramagnit va diamagnit 
minerallarda ion bog‘lanishiga ega bo‘ladi. 


76 
Nazorat savollari: 
1. Minerallarning qattiqligi nima? 
2. Minerallarning etalon rangini ayting. 
3. Ulanish tekisligi nechta? 
4. Solishtirma og‘irlik deb nimaga aytiladi? 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling