Kristallografiya va mineralogiya


 Minerallarning qattiqligi


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

15.5. Minerallarning qattiqligi 
Mineralning qattiqligi deganda ularning mexanik kuchga (tirnalish, o‘yish, 
silliqlash) ko‘rsatgan qarshiligi tushuniladi. 
Mineral qattiqligini aniqlashning turli xil usullari ma’lum: aniqlanayotgan 
mineralning qattiqligini olmosli asboblar bilan ma’lum kuch ostida bosish yo‘li, 
qattiq abraziv materiallar bilan silliqlash usuli, olmosli asboblar bilan 
tekshirilayotgan mineralni o‘yish usuli, tekshirilayotgan mineralni ma’lum kuch 
ostida chizish usuli va boshqalar. 
Mineralogiya amaliyotida mineral qattiqligini o‘lchashning eng oddiy, sodda 
usullaridan biri, ularni etalon tariqasida olingan minerallar bilan chizish yordamida 
taxminiy qattiqligini aniqlashdir. Mineral qattiqligini bu usul bilan aniqlashda 
etalon sifatida avstriyalik mineralog Fridrix Moos (1773-1839) tuzgan quyidagi 
jadval olingan. 
1. Talk – Mg
3
[Si
4
O
10
][OH]
2
2. Gips – CaSO
4
∙2H
2

3. Kalsit – SaSO
3
4. Flyuorit – CaF
2
5. Apatit – Ca
5
[PO
4
]
3
(F,Cl) 
6. Ortoklaz – KAlSi
3
O
8
7. Kvars – SiO
2
8. Topaz – Al
2
[SiO
4
][F,OH]
2
9. Korund – Al
2
O
3
10. Olmos - C 
Bu jadval shunday tuzilganki, unda keyingi turgan mineral o‘zidan avval 
turgan mineralni chiza oladi. Shuni esda tutish kerakki, bu minerallarning tartibini 
belgilab turgan 1 dan 10 gacha bo‘lgan raqamlar nisbiy olingan kattalikdir, chunki 
u sonlar bir mineraldan ikkinchi mineral shuncha katta ekan degan xulosani 
bermaydi. Masalan: jadvalda olmosning raqami – 10, kvarsniki – 7, talkniki – 1. 
aniq o‘lchashlar shuni ko‘rsatdiki, kvars talkka nisbatan 3500 marotaba qattiq 
bo‘lib, olmos kvarsga nisbatan esa 1150 marotaba qattiqdir. 
Moos shkalasi yordamida mineralning qattiqligini aniqlaganda u, bir 
mineralni ikkinchi mineralga chizish yordamida aniqlanadi. Ilmiy-tadqiqot 
maqsadlarida qattiqlikni aniq o‘lchash kerak bo‘lgan paytlarda M.M. Xrushev va 
E.S.Berkovich tomonidan yaratilgan mikrotverdometr va har xil olimlar tomonidan 
ishlab chiqilgan turli usuldagi sklerometrlardan foydalaniladi. 


72 
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, ayrim minerallarda qattiqlik yo‘nalishning 
o‘zgarishi bilan turlicha bo‘ladi. Bunga disten mineralini misol qilib ko‘rsatishimiz 
mumkin. Bu mineralda qattiqlik bir yo‘nalishda 4,5 bo‘lgan holda, ikkinchi va 
uchinchi yo‘nalishda 6 dan 7 gacha etadi. 
Kristallokimyoviy nuqtai nazardan qaraganda kristallangan jismlarning 
qattiqligi struktura tipi bilan atomlar (ionlar) orasidagi bog‘lanish kuchining katta-
kichikligi bilan bog‘liqdir. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling