89
O‘zbekistonda oltin juda qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib, u juda ko‘p
joylarda uchraydi. Chotqol-Qurama tog‘larida,
Qizilqumda, G‘arbiy va Janubiy
O‘zbekistondagi oltin juda ko‘p
olimlar tomonidan kuzatilib, to‘liq ma’lumotlar
berilgan.
Oltin asosiy valyuta metalidir. U bezak ishlarida,
zebi-ziynat buyumlari
tayyorlashda, fizik va kimyoviy asboblar ishlashda,
meditsinada va boshqa
sohalarda ishlatiladi.
Elektrum – (Au, Ag)
Kimyoviy tarkibiga ko‘ra Au-Ag izomorf qatori orasidan joy oladi (17.3-
rasm). Uning tarkibidagi kumush 15% dan 50% gacha etadi. Aralashma sifatida Cu
va Fe ishtirok etishi mumkin. Fizik va kimyoviy xususiyatlariga ko‘ra oltin bilan
kumush oralig‘ida bo‘ladi.
Singoniyasi kubik.
17.3-rasm. Oltin va kumush ma’dani
Elektrumni
rangi och sariq, ba’zan kumushdek oq ham bo‘ladi. Yaltirashi
metallsimon. Nur qaytarish qobiliyati juda Yuqori 80-81%. Qattiqligi 2-3.
Elektrum eziluvchan va cho‘ziluvchandir. Ulanish tekisligi yo‘q.
Solishtirma
og‘irligi 12-15.
90
Elektrum faqat gidrotermal tomirlarda tarkibida kumush bo‘lgan sul’fidlar
bilan birgalikda uchraydi (argenit – Ag
2
S, aynama rudalar – Cu
12
(Sb, As)
4
S
13
,
prustit – Ag
3
AsS
3
, pirargirit – Ag
3
SbS
3
va boshqalar).
Elektrum Ural va Oltoyning bir qancha joylarida topilgan. O‘zbekistonning
oltin konlarida ham uchrab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: