Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
18.2-rasm. Sfalerit va galenit druzasi O‘zbekistonda galenit eng ko‘p tarqalgan rudali minerallardan biri hisoblanadi. Qurama tog‘larida Oltintopkan, Qo‘rg‘oshinkon, Qurusoy, Konsoy, Gudas, Sharqiy Qoramozor kabi polimetall konlari ma’lum. Galenitning yirik konlari Chotqol tog‘larida (Sumsar), G‘arbiy O‘zbekistonda (Uchquloch), o‘ziga xos kolchedan polimetall koni Janubiy O‘zbekistonda ham ma’lum. Yerning ustki qismida galenit barqaror bo‘lmay parchalanadi va glet (PbO),sserussit (Pb[CO 3 ]), anglezit (PbSO 4 ) va boshqa minerallar yuzaga keladi. Galenit asosiy qo‘rg‘oshin rudasi hisoblanadi. Galenit rudalaridan, qo‘llanishi ma’lum bo‘lgan toza qo‘rg‘oshindan tashqari, qo‘rg‘oshin preparatlari, jumladan bo‘yoqlar – belil, surik, krona (sariq bo‘yoq) va boshqalar hamda sirlar (glazur) tayyorlash maqsadida glet (PbO) olinadi. 105 Sfalerit – ZnS Mineralning nomi grekcha «sfaleros» - aldamchi so‘zidan olingan. Bu mineral tashqi belgilari bilan sul’fidlarga o‘xshamasligi sababli Shunday nom bilan atalgan. Sinonimi: rux aldamchisi. Kimyoviy tarkibi: Zn – 67%; S – 33%. Aralashma sifatida Fe (20% gacha), Mn, Cd, Jn, Ga, Ge, Te bo‘lishi mumkin. Xillari: kleyofan – ochiq rangli yoki rangsiz, butunlay aralashmalar bo‘lmagan xili; marmatit – qora rangli temir aralashgan xili; pshibramit – kadmiyga (5% gacha) boy xili; brunkit – oq, tuproqsimon yopiq kristallangan xili. Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi geksatetraedrik – 4L 3 3L 2 6P. Fazoviy gruppasi a 0 =5,40. Sfalerit donasimon uyumlar ba’zan oolit shaklidagi va konsentrik zonal tuzulishiga ega bo‘lgan agregatlar hosil qiladi. Ko‘pincha tetraedrik va dodekaedrik qiyofaga ega bo‘lgan yaxshi yuzaga kelgan kristallar tarzida uchraydi. Tez-tez qo‘shaloq o‘sgan kristallari va polisintetik qo‘shaloq kristallari uchrab turadi. Sfaleritning rangi ko‘pincha jigarrangdan qoragacha, ba’zan aralashmalar hisobiga yashil va qizil bo‘lishi mumkin. Rangsiz xillari ham uchraydi. Chizig‘ini rangi oqdan, jigarrangacha. Yaltirashi olmossimon. Ulanish tekisligi mukammal (110 bo‘yicha), mo‘rt. Qattiqligi 3,5-4, solishtirma og‘irligi 3,5-4,2. Elektrni o‘tkazmaydi, piroelektrik. Magnitlik xususiyati juda kichik (-0,68 dan +0,189 erstgacha). Sindirish ko‘rsatkichi 2,36dan 2,47 gacha. Ul’trabinafsha va rentgen nurlarida flyuoressensiya-lanadi. Mikroskop ostida izotrop. Ba’zan nurni ikkilantirib qaytaradi. Qaytarish ko‘rsatkichi kuchsiz – 17%. Sfalerit uchun diagnostik belgi bo‘lib kristallarini qiyofasi, uning rangi va mukammal ulanish tekisligi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,116; 1,908; 1,630. HCl da erib H 2 S va NNO 3 da S ajralib chiqadi. Dahandam alangasida yorilib ketadi va deyarli erimaydi. Oksidlantiruvchi alangada ko‘mir ustida oq rangli rux oksidi gardlarini hosil qiladi. Sun’iy yo‘l bilan sfaleritni H 2 S ni yopiq trubkada Zn eritmasi orqali o‘tkazish yo‘li bilan olish mumkin. 106 Sfalerit asosan gidrotermal jaryonlarda hosil bo‘lib ko‘pincha galenit bilan birgalikda uchraydi (18.1,18.2-rasmlar). Ayrim konlari cho‘kindi jarayonlar bilan ham bog‘liq. Sfaleritni konlari Pol’shada (Ol’kush), Amerikada (Missuri shtati), Chexoslovakiyada (Prshibram), Shveysariyada (Binnental’), Ispaniyada (Santander), Uralda, Donbassda ma’lum. O‘zbekistonda sfalerit eng ko‘p tarqalgan rudali minerallardan biri hisoblanadi. Bu mineral Qurama tog‘laridagi konlarda ko‘proq o‘rganilgan. O‘zbekistondagi sfalerit o‘rganilgan joylardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin, Qo‘rg‘oshinkon, Langar, Gudas, Konsoy, Tazacharva, Uchquloch, Ingichka, Qochbuloq, Chakchar, Xarkush va boshqalar. Yerning yuza qismida sfalerit barqaror bo‘lmay parchalanadi va goslarit, smitsonit, gidrotsinkit va boshqa minerallarga aylanadi. Sfalerit ruxning asosiy rudasi hisoblanadi. Bundan tashqari sfaleritdan kadmiy, indiy, galliy kabi kam uchraydigan qimmatbaho nodir metallar ajratib olinadi. Kadmiy po‘lat va temir buyumlarni metallar korroziyasiga qarshi qoplashda, gal’vanoplastinkada, yuqori temperaturaga va ishqalanishga bardosh beradigan qotishmalar olishda, akkumlyatorlar, yong‘inga qarshi avtomat apparatlar va boshqalar ishlab chiqarishda qullaniladi. Galliy ko‘p xususiyatlari bilan alyuminiyga o‘xshash metall; u 29° da eriydi, alyuminiy bilan esa oddiy temperaturada suyuq bo‘lgan qotishma hosil qiladi; galliy qaynash temperaturasining juda yuqori (1700-2300°) bo‘lishi bilan simobdan farq qiladi. Bu xususiyat galliyni, ko‘p hollarda, simob o‘rnida termometrlarni to‘lg‘azish va boshqa aniq asboblarda qo‘llashga imkon beradi. Galliy lampalari quyosh nuriga yaqin yorug‘lik beradi. Indiy antikorrozion metall sifatida metall buyumlarni qoplash, avtomobil’ faralari va projektorlar uchun reflektorlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Indiyning organik moddalar bilan birikmasi uyqu kasalligini davolashda qo‘llaniladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling