Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
109 Kinovar – HgS Mineralning nomi Hindistondan kelib chiqqan deb taxmin qilishadi. Bu erda qizil smola va «ajdar qoni» Shunday nom bilan ataladi. HgS ning kubik modifikatsiyasi metatsinnabarit deb ataladi. Kimyoviy tarkibi: Hg=86,2%; S=13,8%. Singoniyasi trigonal, simmetriya ko‘rinishi trigonal’-trapetsoedrik – L 3 3L 2 . Fazoviy gruppasi: a0=4,16: c0=9,54; a0:c0=1:2,2906. Kinovar odatda xol-xol donalar, donasimon uyumlar, tuproqsimon va kukunsimon gardlar, po‘stloqlar tarzida, ba’zan kristallar holida uchraydi (18.3- rasm). Ba’zan qo‘shaloq kristallari ham uchraydi. Gil va organik moddalar aralashmasiga boy yashirin kristallangan massalari ham uchraydi, uni «jigar ruda» deb ham ataladi. Kinovarning rangi qizil, ba’zan qo‘rg‘oshindek kulrang bo‘lib, tovlanadi. Yaltirashi olmossimon. yarim shaffof. Ulanish tekisligi {1010} bo‘yicha mukammal. Sinishi yarim chig‘anoqsimon, tekis emas. Mo‘rt. Qattiqligi 2-2,5. Solishtirma og‘irligi 8,09-8,2. Elektr tokini o‘tkazmaydi. Optik xususiyatlari: musbat, sindirish ko‘rsatkichlari yuqori: Ng=3,272; Nm=2,913; Ng-Nm=0,359. Kinovarni aniqlashda xarakterli belgi bo‘lib qizil rangi, kichik qattiqligi va solishtirma og‘irligini yuqoriligi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,372; 2,869; 2,074. Dahandam alangasida butunlay uchib ketadi. Ishqorlarda eriydi. Kislotalarda erimaydi. Kinovar’ yosh vulqonli rayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan tipik past temperaturali gidrotermal mineraldir. Kinovar’ bilan bir assotsiatsiyada antimonit, pirit, markazit, real’gar, arsenopirit, rudasiz minerallardan kvars, kal’sit, flyuorit, barit uchraydi. Kinovarni yirik konlari Ispaniyada (Al’maden), Italiyada (Monte- Amata), Yugoslaviyada (Avala), Qirg‘izistonda (Haydarkon), Ukrainada (Nikitovka) ma’lum. Kinovar O‘zbekistonda juda qadim zamonlarda ma’lum bo‘lib, keng tarqalgan minerallardan biri hisoblanadi. U respublikamizni G‘arbi va Janubiy- 110 G‘arbida keng tarqalgan bo‘lib, Shimoli-Sharqida juda kam uchrab, qolgan territoriyalarda butunlay uchramagan. 18.3-rasm. Kinovar’ va kvars kristallari dolomit tog‘ jinslarida (Xitoy) Kinovar’ simob olinadigan asosiy manbadir. Simob fizik asboblar ishlashda, portlovchi moddalar tayyorlashda va boshqa sohalarda ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling