Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Pentlandit – (Fe,Ni)
9 S 8 Bu mineralni birinchi ochgan Dj. Pentland nomiga qo‘yilgan. Sinonimi: temir-nikelli kolchedan. Kimyoviy tarkibi: Fe – 32,55%; Ni – 34,22%; S – 33,23%. Aralashma sifatida Co (16% gacha) bo‘lishi mumkin. Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik – 3L 4 4L 3 6L 2 9PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =9,91. 112 Pentlandit odatda yaxlit uyumlar va donador agregatlar hosil qiladi. Yaxshi qirralangan kristallari uchratilmagan. Pentlanditni rangi och jez-sariq. Chizig‘ining rangi jez-jigarrang. Yaltirashi metallsimon. Shaffof emas. Ulanish tekisligi mukammal emas. Sinishi chig‘anoqsimon. Mo‘rt. Qattiqligi 3,5-4. Solishtirma og‘irligi 4,5-5. Elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. Magnitlik xususiyati yo‘q. Mikroskop ostida silliqlangan shliflarda izotrop. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi Yuqori – 51%. Pentlandit uchun xarakterli belgi bo‘lib jez-sariq rangi, biroz nikel’ yashili bilan surkalgan donador va xol-xol agregatlari xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,03; 1,95; 1,77. HNO 3 da erib eritmani yashil rangga kiritadi. Dahandam alangasida erib qora magnit sharchasi hosil qiladi. Pentlandit o‘ta asos va asos tog‘ jinslari bilan bog‘liq bo‘lgan magmatik tog‘ jinslarda, mis-nikel’ sul’fidli konlarda pirrotin va xal’kopirit bilan birga uchraydi. Odatda bu konlarda oz miqdorda magnetit va platina gruppasi minerallari ham uchrashi mumkin. Pentlanditni yirik konlari Kanadada (Sedberi, Ontario provinsiyasida), Afrikada, Bushvel’dda ma’lum. Hamdo‘stlik davlatlarida pentlandit konlari Tundrada va Noril’skda ma’lum. O‘zbekistonda pentlandit Markaziy Qizilqumda (Tosqosg‘on koni va Tomdi massivi) kuzatilgan. Yerning ustki qismida pentlandit barqaror bo‘lmay annabergit, qo‘ng‘ir temirtoshlar va sul’fatlarga o‘tadi. Pentlandit rudalari nikel’ olinadigan asosiy manbadir. Nikel’ maxsus asboblar, idishlar tayyorlashda, texnika jihatidan katta ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘p qotishmalarning tarkibiy qismi sifatida, buyumlarni nikellash uchun qo‘llaniladigan kimyoviy birikmalar tayyorlashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling