Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Xal’kopirit – CuFeS
2
Nomi grekcha «xalkos» - mis, «piros» - o‘t, olov degan ma’noni bildiradi. 
Piritga o‘xshashligi uchun Shunday nom bilan atalgan. Sinonimi: mis kolchedani. 
Kimyoviy tarkibi: Cu-34,6%; Fe-30,4%; S-35%. Aralashma sifatida oz miqdorda 
Au, Ag, Te bo‘ladi. Singoniyasi geksagonal, simmetriya ko‘rinishi tetragonal – 
skalenoedrik –L
2
4L
2
2P. Fazoviy gruppasi: a
0
=5,25; c
0
=10,32; a
0
:c
0
=1:1,966.


113 
Xal’kopirit ko‘pincha donador, yaxlit va xol-xol agregatlar hosil qiladi. 
Kristall holida juda kam uchraydi. Kristallari tetraedrik qiyofaga ega.
Rangi jez-sariq, ko‘pincha ola-bula bo‘lib tovlanadi. Chizig‘i yashilroq-qora. 
Yaltirashi metallsimon. Shaffof emas. Ulanish tekisligi (011) bo‘yicha mukammal 
emas. Mo‘rt. Elektr o‘tkazish qobiliyati kuchsiz. Qattiqligi 3-4. Solishtirma 
og‘irligi 4,1-4,3. Mikroskop ostida plastinkasimon va qo‘shaloq polisintetik 
kristallarini ko‘rish mumkin. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi 24%.
Xal’kopirit uchun diagnostik belgi bo‘lib kristallarining o‘tda charsillab-
yorilib ketadi va erib magnit tortadigan sharchaga aylanadi. Soda bilan qo‘shib 
ko‘mir ustida qizdirilganda undan sof mis sharchasi ajraladi. Yopiq naychada 
oltingugurt ajralib chiqadi.
Sun’iy yo‘l bilan xal’kopiritni mis sul’fidini pirit bilan mis va temir oksidini 
H
2
S sharoitida qizdirish yo‘li bilan olish mumkin.
Xal’kopirit konlari magmatik, gidrotermal va cho‘kindi jarayonlar bilan 
bog‘liq. Magmatik konlarda xal’kopirit asos magmatik tog‘ jinslaridagi mis-nikelli 
sul’fidli rudalarda uchraydi. Bu tipdagi konlarda xal’kopirit bilan bir 
assotsiatsiyada pirrotin, pentlandit, magnetit hamda kobal’t va nikel’ arsenidlari, 
platina va palladiy minerallari uchraydi. Xal’kopirit konlarining asosiy qismi 
gidrotermal jarayonlar bilan bog‘liq. Bu konlarda xal’kopirit bilan bir 
assotsiatsiyada pirit, pirrotin, sfalerit, tetraedrit uchraydi. Cho‘kindi jarayonlarida 
misli qumtosh konlari uchraydi, bu erda xal’kopirit, bornit bilan qumtosh donlarini 
yopishtiruvchi vazifasini o‘taydi. Xal’kopirit konlari Kanadada (Sedberi koni), 
Janubiy Afrikada (Bushvel’d konlari), Chilida (Braden koni), Uralda, 
Qozog‘istonda (Kounrad, Jezqozg‘on) ma’lum.
O‘zbekistonda xal’kopirit eng ko‘p uchraydigan rudali minerallardan biri 
hisoblanadi. Bu mineral rudali konlarni deyarli hammasida kuzatilgan bo‘lib, juda 
yaxshi o‘rganilgan minerallar qatoriga kiradi.
Yerning yuza qismida xal’kopirit barqaror bo‘lmay parchalanib har xil 
kislorodli birikmalarga aylanadi.


114 
Tarkibida xal’kopirit bo‘lgan rudalar mis olish uchun asosiy manba 
hisoblanadi. Metallurgiya zavodlarida olingan mis toza holda va Shuningdek 
qotishmalar (jez, bronza va boshqalar) holatida ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling