Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Tetradimit - Bi
2
Te
2
 
Grekcha «tetradimos» - to‘rtlangan (ko‘pincha to‘rt qo‘shaloq kristallar hosil 
qiladi) demakdir. Kimyoviy tarkibi: Bi – 59,27%; Te – 36.18%; S – 4.55%. 
Aralashma sifatida Se, Au, Cu, Pb ishtirok etishi mumkin.
Singoniyasi trigonal, simmetriya ko‘rinishi ditrigonal skalenoedrik 
L
3
3L
2
3PC. Fazoviy gruppasai: a
0
=4,326; c
0
=30,07 a
0
:c
0
=1:6,952
Varaqsimon va donasimon agregatlar, hamda alohida plastinkaga o‘xshash 
bo‘laklar holida uchraydi. Kristallari juda kam uchrab, romboedrik qiyofaga ega 
bo‘ladi va ko‘pincha qo‘shaloq va to‘rt qo‘shaloq ko‘rinishda bo‘ladi.
Tetradimitning rangi po‘latdek kulrang. Yaltirashi metallsimon. Shaffof 
emas. Ulanish tekisligi mukammal. Qattiqligi 1,5-2,0. 
Solishtirma og‘irligi 7,2-7,3. Mikroskop ostida silliqlangan shliflarda oq 
rangli bo‘lib, biroz sarg‘ish tusda tovlanadi. Anizotrop. Nurni qaytarish 
ko‘rsatkichi 48%.


124 
Diagnostik belgi bo‘lib plastinkasimon agregatlari va yuqori darajadagi 
nurni qaytarish ko‘rsatkichi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi chiziqlari: 5,06; 
3,20; 2,16. HNO
3
da eriydi va S ajralib chiqadi. Konsentrlangan N
2
SO
4
malina 
rangga bo‘yaydi. Dahandam alangasida oson eriydi va uchib ketib, alangaga havo 
rang beradi. 600°C da eriydi.
Telluridlar ichida eng ko‘p tarqalgan mineral hisoblanadi. Odatda oltinli 
gidrotermal konlarda sof tug‘ma oltin, vismutin, aynama rudalar, xal’kopirit va 
boshqa sul’fidlar bilan birgalikda uchraydi. Konlari Ruminiyada (Beysa, 
Bixoruluy, Chiklova va boshqalar), Amerikada (Red-Klaud, Montgomeri), 
Kanadada (Lidel-Krik, Paynki-ler-Leyk), Qozog‘istonda (Stepnyak), O‘rta Uralda 
(Shilovo-Isetsk) 
ma’lum. 
Yaxshi 
qirralangan 
qo‘shaloq 
kristallari 
Chexoslovakiyani Jarkovitsi konida topilgan.
O‘zbekistonda tetradimit vismutli konlarda eng ko‘p uchraydigan 
minerallardan biri hisoblanadi. Chotqol-Qurama tog‘larida tetradimit juda ko‘p 
uchrab, G‘arbiy O‘zbekiston konlarida ancha kam uchraydi. Yerning yuza qismida 
tetradimit barqaror bo‘lmay oson parchalanib vismut oxralari va montanitga – 
Bi
2
TeO
4
[OH]
2
aylanadi. Vismut va oltin konlarida uchrab, rudalardan kompleks 
ravishda vismut va tellur olish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling