Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Molibdenit – MoS
2 Mineralning nomi grekcha «molibdos» - qo‘rg‘oshin degan so‘zdan kelib chiqqan (bunda mineralni qo‘rg‘oshindek kulrangi ko‘zda tutilgan). Sinonimi molibden yaltirog‘i. Kimyoviy tarkibi: Mo – 60% S – 40%. Izomorf aralashma sifatida reniy bo‘lishi mumkin. Singoniyasi geksagonal, simmetriya ko‘rinishi digeksagonal-dipiramidal – L 6 6L 2 7PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =3,16; c 0 =12,32; a 0 :c 0 =1:3,899. Molibdenit agregatlari odatda tangasimon va varaqsimon, kristallari geksagonal-tabletkasimon qiyofada bo‘ladi. Juda kam hollarda qo‘shaloq kristallari ham uchraydi. Molibdenitning rangi qo‘rg‘oshindek kulrang, chizig‘ini rangi yashilroq tovlanadigan kulrang. Yaltirashi metallsimon. Shaffof emas. Ulanish tekisligi (0001) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 1. Yupqa varaqlari egiluvchan. 125 Solishtirma og‘irligi 4,7-5,0. Elektr o‘tkazuvchanligi kuchsiz, lekin temperatura ortishi bilan ortib boradi. Mikroskop ostida silliqlangan shliflarda molibdenit oq, kuchli anizotrop va pleoxroik. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi yuqori – 40%. Molibdenitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib, qo‘rg‘oshindek kul rangi, metallsimon yaltirashi (18.8-rasm), qattiqligini kichikligi va ulanish tekisligini mukammal bo‘lishi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,045; 1,826; 1,534. HNO 3 da MoO 3 ni oq cho‘kindisini hosil qilib qiyin eriydi. Dahandam alangasida erimay, alangani kuchsiz sarg‘ish yashil rangga bo‘yaydi. 18.8-rasm. Molibdenit Molibdenit genetik jihatdan nordon magmatik tog‘ jinslari (granit va granodioritlar) bilan bog‘liq bo‘lgan gidrotermal tomirlarda uchraydi. Bu konlarda molibdenit kvarsli tomirlarda va kvarslangan tog‘ jinslarda pirit, xal’kopirit, hamda sheelitli skarnli zonalarda vol’framit, kassiterit, sheelit va vismutin bilan birgalikda uchraydi. Molibdenitnng eng yirik konlari Klyaymeks (Kolorado shtati) va Bingem (Yuta shtati) Amerikada topilgan. Birlashgan hamdo‘stlik davlatlarida molibdenit Kavkazda, Sharqiy Sibirda, Uzoq Sharqda va boshqa joylarda topilgan. Molibdenitning yirik yaxshi qirralangan kristallari Avstraliyada, Shimoliy Uel’sda 126 (Kingsgeyt koni), Amerikani N’yu-Djersi shtatida (Ogden koni) topilgan. Molibdenit O‘zbekistonda Chotqol-Qurama tog‘larida, G‘arbiy va Janubiy O‘zbekiston konlarida juda ko‘p topilgan minerallardan biridir. Oksidlanishi zonasida molibdenit o‘rnida ko‘pincha povellit [Ca (MoO 4 )] yuzaga keladi. Molibdenit molibden olinadigan birdan-bir sanoatbop rudadir. Molibden Yuqori sifatli po‘latni maxsus navlarini tayyorlashda, elektrotexnikada, bo‘yoqchilikda, telegrafda, ximiya sanoatida va boshqa soxalarda ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling