Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
18.12-rasm. Plastinkasimon markazit uglerodli slanetsda. 
Markazitning rangi jez – sariq bo‘lib, kulrang yoki yashilroq tovlanadi. 
Chizig‘ining rangi kulrang yashil. Yaltirashi metallsimon. Xira. Ulanish tekisligi 


130 
(101) bo‘yicha mukammal emas. Mo‘rt. Qattiqligi 5–6. Solishtirma og‘irligi 4,6 – 
4,9 (piritdan kichik). Elektrni yomon o‘tkazadi. Mikroskop ostida silliqlangan 
shliflarda kuchli anizotrop va pleoxroizm hususiyatiga ega. Qaytarish ko‘rsatkichi 
Yuqori – 55%. Diagnostik belgilari. Markazitning kristallari uchun nayzasimon 
yoki taxtachasimon ko‘rinishdagi shaklllar xarakterlidir. Yangi singan joylari 
yashilroq tovlanib turadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,690; 2,412; 
1,754. Daxandam alangasida va kislotalarda piritga o‘xshash.
Markazitning hosil bo‘lishi asosan gidrotermal jarayonlar bilan bog‘liqdir. 
Bu mineral yerning ustki qismida pirrotinning o‘zgarishidan ham hosil bo‘lishi 
mumkin. Markazitning gidrotermal konlarda, mineral hosil bo‘lishining oxirgi 
bosqichida yuzaga keladi. Bu erda u bo‘shliqlarda kvars va sul’fidlarga o‘sgan 
kristallar xolida yuzaga keladi. Gidrotermal tomirlarda markazit kvars, pirit, 
galenit, sfalerit va boshqa sul’fidlar bilan bir assotsiyasiyada uchraydi.
18.13-rasm. Markazit 
Markazit O‘zbekistonda juda ko‘p uchraydi. U Quramada (Konsoy, 
Taboshar, Takeli, Qurusoy, Qulko‘rmas, Aktepa, Naugarzansoy), Sharqiy 
Qoramozor polimetall konlarida, Olmaliqda, Choqadambuloqda, Kochbuloqda 
uchraydi. Angrendagi ko‘mir konida yirik uyumlari uchraydi. Bundan tashqari 


131 
Markaziy Qizilqumdagi oltin konlarida, G‘arbiy O‘zbekistondagi skarn – sheelitli 
konlarda va Janubiy O‘zbekistondagi konlarda uchraydi.
Markazit sul’fat kislota olishda ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling