Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Kobal’tin – CoAsS
Sinonimi – kobal’t yaltirog‘i. Kimyoviy tarkibi: Co – 35,4%; As – 45,3%; S-19,3%. Analizlarni ko‘rsatishicha Co – 26-34%; As – 42-48%; S-18-21% atorfida bo‘ladi. Aralashma sifatida Fe (16% gacha), Ni, Sb bo‘lishi mumkin. Temirga boy xili ferrokobal’tin deyiladi. Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi pentagon tritetraedrik – 4L 3 3L 2 . Fazoviy gruppasi a 0 =5,62. Kobal’tin donador va yaxlit agregatlar, hamda kristallar xolida uchraydi. Kobal’tinni yaxshi hosil bo‘lgan kristallari tashqi ko‘rinishi jihatidan piritga o‘xshaydi. U oktaedrik, kubik, dodekaedrik qiyofaga ega. Bundan tashqari pentagon dodokaedrni tetraedr bilan kombinatsiyasi ham uchraydi. Kobal’tinni rangi oq yoki po‘latdek oq bo‘lib, och pushti rangda tovlanadi. Temirga boy xillari qoramtir kulrang yoki kulrang qora bo‘ladi. Yaltirashi metallsimon, chizig‘ining rangi kulrang qora. Qattiqligi 5-6, mo‘rt. Ulanish tekisligi kub bo‘yicha o‘rtacha. Solishtirma og‘irligi 6-6,5. Elektrni yaxshi o‘tkazmaydi. Mikroskop ostida kobal’tin ko‘pincha anizotrop, qaytarish ko‘rsatkichi 51%. Kobal’tinni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib och pushti tovlanishi va Yuqori darajadagi qattiqligi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,495; 2,278; 1,074. HNO 3 da eriydi va oltingugurt hamda margimush oksidi ajralib chiqadi. Dahandam alangasida ko‘mir ustida erib, kuchsiz magnitlangan sharcha bilan As 2 O 3 gardlari hosil bo‘ladi. Kobal’tin asosan gidrotermal konlarda arsenopirit-glaukodot-kobal’tin va smal’tin-xloantit-argentitli formatsiyalarda uchraydi. Birinchi formatsiyada kontakt-metasomatik konlarda, ikkinchisida esa tomirsimon konlarda uchraydi. Tomirsimon konlarga Kanadani Ontario provinsiyasidagi kobal’t koni, kontakt- 132 metasomatik konga esa Zakavkaz’edagi Dashkeson koni misol bo‘lishi mumkin. Kobal’tinning yaxshi yuzaga kelgan kristallari Shvetsiyaning Tunaberg va Kanadaning Kobal’t konida uchragan. Nurash natijasida kobal’tin tuproqsimon yoki kristallangan (kobal’t gullari) eritringa aylanadi. Kobal’tin O‘zbekistonda kam uchraydigan minerallardan bo‘lib Choqilqolyan (Xojelik) va Qurama (Turongli, Yangikon, Chokadambuloq konlari) tog‘larida uchratilgan. Kobal’tin sanoat uchun zarur bo‘lgan kobal’t olinadigan asosiy manbalardan biridir. Kobal’tning qo‘llanishi uning quyidagi juda qimmatli xususiyatlariga asoslangan: 1) Uning har xil birikmalari aynamaydigan zangori, yashil bo‘yoqlar bo‘lib, shishalar, sopol buyumlarni bo‘yash uchun ishlatilishi juda qadimdan ma’lum. 2) Kobal’t boshqa metallar bilan sifatli qotishmalar beradigan element bo‘lib, po‘latning maxsus navlarini tayyorlashda, unga katta qattiqlik Yuqori temperaturaga chidamlilik, magnitlik xususiyatlari beradi. 3) Boshqa metallar (Cr, Mo, W va boshqalar) bilan texnikada juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qotishmalar beradi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling