Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Bulanjerit – Pb
5
Sb
4
S
11
  
Fransuz tog‘ injeneri K.Bulanje sharafiga Shunday nom bilan atalgan.
Kimyoviy tarkibi: Pb
5
– 55,4%; Sb – 25,7%; S – 18,9%. Ba’zan mis 
aralashma sifatida bO‘lishi mumkin. Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi 
prizmatik – L
2
PC. Fazoviy gruppasi: a
0
=21,54; b
0
=23,51; c
0
=8,09. β=100°48´ 
a
0
:b
0
:c
0
=0,9166:1:0,3475.
Tashqi ko‘rinishi jihatidan sur’ma yaltirog‘ini eslatuvchi, chalkash 
tolasimon massalardan tuzilgan. Kristallari juda kam uchrab, ular ignasimon va 
ustunsimon qiyofaga ega. Ba’zan tabletkasimon kristallari ham uchraydi.
Bulanjeritni rangi po‘latdek kulrangdan temirdek qoragacha. Chizig‘ini rangi 
jigarrang ko‘rinadigan kulrang qora. Yaltirashi metallsimon. Ulanish tekisligi 
o‘rtacha. Qattiqligi 2,5-3. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 6,23. Mikroskop ostida 
silliqlangan shliflarda bulanjerit kulrang oq, anizotrop va kuchsiz pleoxroik. Nurni 
qaytarish ko‘rsatkichi o‘rtacha 34%.
Bulanjeritni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib ingichka tolali agregatlari va 
chizig‘ini qo‘ng‘ir ko‘rinishi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 
3,71; 2,815; 1,861. HNO
3
da va qizdirilgan HCl da erib, H
2
S ajralib chiqadi. 


136 
Dahandam alangasida oson eriydi. Soda bilan qo‘rg‘oshin gardi va quyuq oq Sb
2
O
3
gardi hosil qiladi.
Gidrotermal polimetall konlarda bulanjerit ikkilamchi mineral sifatida 
galenit, antimonit, aynama rudalar, sfalerit, pirit va boshqa minerallar bilan 
birgalikda uchraydi. Uning konlari Sharqiy Zabaykal’eda (Algachinsk, Klichkinsk, 
Darasun konlari), Ukrainada, Shvetsiyada (Sala koni) ma’lum. O‘zbekistonda 
bulanjerit Chotqol-Qurama tog‘larida va janubiy O‘zbekiston konlarida juda ko‘p 
kuzatilgan.
Yerni yuza qismida bulanjerit barqaror bo‘lmaysserussit va sur’mani 
oksidlariga aylanadi. Bulanjerit katta uyumlar holida topilsa qo‘rg‘oshin rudasi 
sifatida katta ahamiyatga ega. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling