Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Karnallit KCl·MgCl
2
·6H
2
 
Prussiyalik tog‘ injenerii R.Karnall sharafiga Shunday nom bilan atalgan. 
Kimyoviy tarkibi: K-14,22%; Cl-37,65%; Mg-8,84%; N-4,37%; O-34,92%. Juda 
oz miqdorda Br, Rb, Cs, Li, Tl aralashmalari bo‘lishi mumkin.
Singoniyasi rombik. Simmetriya ko‘rinishi rombo-dipiramidal – 3L
2
3PC. 
Fazoviy gruppasi a
0
=9,53; b
0
=16,08; c
0
=22,56; a
0
:b
0
:c
0
=0,593:1:1,384. Karnallit 
yaxlit donador massalar holida uchraydi. Kristallari juda kam bo‘lib 
psevdogeksagonal qiyofaga ega.
Rangi rangsiz yoki oq bo‘ladi. Juda mayda gematit zarralari aralashgan 
holda karnallitning rangi qizil va pushti bo‘ladi. Yaltirashi rangi singan joylarida 
shishadek, havoda xiralashib yog‘langandek bo‘lib qoladi. Ulanish tekisligi yo‘q. 
Mo‘rt. Qattiqligi 2-3. Solishtirma og‘rligi 1,6. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, 
musbat Ng=1.494; Nm=1.475; Np=1.466. Ng-Np=0.028. 2v=70°. Juda 
gigroskopik. Havoni namini o‘ziga tortib tez parchalanib ketadi. 
Kuyli
flyuoreitsialanadi. Mazasi o‘tkir, achchiq-sho‘rdir. Dahandam alangasida oson 
eriydi.
Karnallit dengiz va ko‘llarda kimyoviy cho‘kindi sifatida galit va sil’vin 
bilan birgalikda eng keyin paydo bo‘lgan mineral sifatida uchraydi. Shuning uchun 
tuz uyumlarining ustki qatlamlarida uchraydi. Karnallitning konlari Uralda 
(Solikamsk koni), Ukrainada (Kalush va Stebnik tuz konlari), Amerikada (Texas 
va Oklaxoma shtatlari) ma’lum. Karnallitning asosiy massasi O‘zbekistonda Hisor 
tog‘larining janubi-g‘arb qismida joylashgan Tyubegatan, Lalimkon, Karlyuk, 
Karabil’, Oquzbuloq, Qizilmozor, Qovurdoq konlarida uchraydi.
Karnallit kaliy va magniy uchun asosiy ruda hisoblanadi. Sun’iy yo‘l bilan 
kaliy o‘g‘itlari olishda ishlatiladi. Aviatsiya sanoatida ishlatiladigan engil 
qotishmalar tayyorlashda, fotografiyada meditsinada ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling