Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 


140 
19.2. Ftoridlar 
Flyuorit – CaF
2
  
Flyuorum – ftor elementining lotincha nomi. Sinonimi: plavik shpati.
Kimyoviy tarkibi: Ca – 51,2%; F – 48,8%. Ba’zan aralashma sifatida Cl
Fe
2
O
3
, TR, U va bitum moddalari ishtirok etadi.
Singoniyasi kubik, simmetriya k
O‘
rinishi geksaoktaedrik - 3L
4
4L
3
6L
2
9PC. 
Fazoviy gruppasi a0= 5,450.
Agregatlari ko‘pincha yaxlit donali massa bo‘lib, ba’zan tuproqsimon massa 
holida uchraydi. Kristallari kubik ba’zan oktaedrik va dodekaedrik qiyofaga ega.
Flyuorit ko‘pincha shaffof, ba’zan esa butunlay rangsiz bo‘ladi. U ko‘p hollarda 
har xil: yashil, havorang, binafsha, ba’zan qoramtir binafsha rangli bo‘ladi (19.1, 
19.2-rasmlar). Flyuorit rangining qizdirilganda yo‘qolishi va rentgen nurlari 
ta’sirida yana bo‘yalib qolishi qiziqarli holdir. Yaltirashi shishasimon. Ulanish 
tekisligi oktaedr bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 4. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 
3,18. Optik xususiyatlari: izotrop, N=1,434. Flyuorit flyuoressensiyalanadi va 
fosforensiyalanadi. Katod nurlari ta’sirida o‘ziga xos zangor-yashil tovlanuvchan 
gunafsha rangli nur sochadi. Uning nur sochishi qizdirilganda ham ko‘rinadi 
(termolyuminessensiya).
19.1-rasm. Flyuorit 


141 
Flyuoritni quyidagi xillari ma’lum:
1) Optik flyuorit – rangsiz va shaffof xili;
2) Ratovkit – tuproqsimon, qoramtir-binafsha xili;
3) Radioflyuorit – radiyni izomorf aralashmasi hisobiga radioaktiv bo‘lgan, 
juda kam uchraydigan xili.
Flyuoritni boshqa minerallardan kristallarining shakli, oktaedr bo‘yicha 
ulanish tekisligi, yaltirashi, qattiqligi va rangiga qarab ajratish mumkin. 
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqari: 3,148; 1,928; 1,644.
HCl va HNO
3
da qiyinchilik bilan eriydi. H
2
SO
4
da parchalanib ketadi. 
Dahandam alangasida yorilib ketadi, yarqiraydi va qiyinchilik bilan chekkalari 
eriydi (1270°).
19.2-rasm. Flyuorit, siderit, xal’kopirit. 
Flyuoritni hosil bo‘lishi asosan gidrotermal jarayonlar bilan bog‘liq. Yirik 
sanoatbop konlarda flyuorit bilan bir assotsiatsiyada kvars, barit, kal’sit hamda 
sul’fidlar asosan galenit bilan sfalerit uchraydi. Flyuorit aksessor mineral sifatida, 
intruziv tog‘ jinslarda ham uchraydi. Flyuorit pnevmatolit jarayonlarda ham hosil 
bo‘lib, pegmatit va greyzenlarda uchraydi. Ayrim paytlarda juda oz miqdorda 
ekzogen jarayonlarda ham uchraydi. Flyuoritni yirik konlari Angliyada 


142 
(Kumberlend), Amerikada (Konnektikut va Illinoys), Zabaykal’eda (Abagaytuy, 
Kalanguy), Ukrainada, Rossiyada ma’lum. 
O‘zbekistonda flyuorit ko‘p tarqalgan minerallar qatoriga kiradi. Chotqol-
Qurama tog‘larida Naugarzan, Kenkol, Dushali, Kaskana, Choshli, Auraxmat va 
boshqa konlar ma’lum. G‘arbiy O‘zbekistonda Uchquloch rudali maydoni, Janubiy 
O‘zbekistonda (Kugitang) flyuorit konlari ma’lum.
Flyuorit ftorga boy boshqa minerallar kabi rudalarni erishini tezlashtiradigan 
yaxshi flyus (qo‘shimcha) sifatida metallurgiyada ishlatiladi. Ximiya sanoatida 
flyuoritdan bir qator birikmalar olinadi. Keramikada emal’ va glazurlar olish uchun 
ham qo‘llaniladi. Flyuoritni shaffof va rangsiz xillari mikroskop ob’ektivlariga 
linzalar tayyorlashda qo‘llaniladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling