Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20.1-rasm.
Korund – Al
2 O 3 Bu mineral dastlab Hindistonda Shunday nom bilan atalgan. Kimyoviy tarkibi: Al – 52,9%; O – 47,1%; Rangi aralashmalarga bog‘liq: xrom aralashsa qizil, Fe+3 aralashsa jigarrang va pushti, Ti aralashsa ko‘k, Fe+2 va Fe+3 aralashsa qora rangli bo‘ladi. Kristallangan xillarining tarkibi aralashmalardan toza. Singoniyasi trigonal, simmetriya ko‘rinishi ditrigonal – skalenoedrik L 3 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =4,76; c 0 = 13,01; a 0 :c 0 =1:1,365. Korund ko‘pincha jinslar orasida xol - xol donalar shaklida uchraydi, yaxlit donador massa hosil qilgan konlari ham ma’lum. Kristallari to‘g‘ri tuzilgan, ba’zan yirik bochkasimon, ustunsimon, piramidal va plastinkasimon qiyofada uchraydi. Korundning rangi ko‘kish yoki sarg‘ish – kulrang, xilma – xil rangli shaffof kristallari ham uchraydi. Shaffof korundning xillari: leykosapfir - rangsiz, sapfir – ko‘k, yoqut – qizil (20.1, 20.2-rasmlar), “sharq topazi” – sariq, “sharq ametisti“ – binafsha, “sharq zumradi“ – yashil. Korundning magnetit, gematit va shpinel’ aralashgan xili najdak deyiladi. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi yo‘q. Polisintetik qo‘shaloq kristall bo‘lgani uchun (0001) va (1011) bo‘yicha bo‘laklarga ajrashi mumkin. Qattiqligi 9. Solishtirma og‘irligi 3,95 – 4,10. Optik xususiyatlari: bir o‘qli manfiy, ko‘pincha ikki o‘qli anomal. Nm=1,767; Np= 1,759; 2v=58° gacha. Rentgenogrammadagi chiziqlari: 2,081; 1,599; 1,374. 146 20.1-rasm. Yoqut 20.2-rasm. Yoqut Korundni kristall shakli yonlaridagi shtrix chiziqchalari, ko‘kimtir kulrangliligi, yuqori qattiqligi kabi hususiyatlariga qarab ajratish mumkin. Daxandam alangasida erimaydi. Kislotalarda ham erimaydi. Sun’iy yo‘l bilan korundni boksitlarni elektr pechlarida eritish yo‘li bilan olish mumkin. Yoqut va sapfirlarni esa glinozemni kislorod – vodorod alangasida erishi va qaytadan kristallanishi natijasida toza va shaffof bo‘laklar hosil qilib, 147 xrom tuzlarini qo‘shish yo‘li bilan yoqut – qizil rangga, kobal’t va titan tuzlarini qo‘shish yo‘li bilan sapfir rangiga kiritib olinadi. Korund magmatik, postmagmatik va cho‘kindi metamorfogen konlarda uchraydi. Mineralning yirik uyumlari ikkilamchi kvarsitlar va cho‘kindi metamorfik yotqiziqlar bilan bog‘liq. Korundning magmatik tipi kam uchraydigan aksessor mineral sifatida ayrim granitoidli massivlarda uchraydi (Konsoy, Olmaliq, Chotqol tog‘lari). Postmagamatik korund Chotqol va Qurama tog‘larining ikkilamchi kvarsli massivlari bilan bog‘liq holda uchraydi. Bu erlarda korund bilan bir assotsiyasiyada kvars, andaluzit, rutil, dyumort’erit, turmalin, diaspor, seritsit uchraydi. Korundning cho‘kindi – metamorfik tipi Tomdi, Nurota, Turkiston va Oloy tog‘larida ko‘p uchraydi. Korundning yirik konlari Birmada (bu erda yoqutning 630 g li kristali topilgan) va Hindistonda (sochilma konlardagi sapfirlar) topilgan. Korund juda qattiq mineral bo‘lganligi uchun asosan abraziv material sifatida ishlatiladi. Shaffof rangli xillari zargarlikda qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling