Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Kassiterit – SnO
2 Nomi grekcha «kassiteros» - qalay degan so‘zdan olingan. Sinonimi qalayli tosh. Kimyoviy tarkibi: Sn – 78,76%; O – 21,24%. Odatda aralashma sifatida Fe 2 O 3 , Ta 2 O 5 , Nb 2 O 5 , TiO 2 va boshqalar bo‘lishi mumkin. Singoniyasi tetragonal, 156 simmetriya ko‘rinishi ditetragonal – dipiramidal – L 4 4L 2 5PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =4,72; c 0 =3,17; a 0 :c 0 =1:0,672. Kassiterit ko‘p hollarda yaxshi kristallar hosil qilgan minerallar qatoriga kiradi. Uning kristallari odatda juda mayda bo‘lib, ba’zi hollarda kattaroq ham bo‘lishi mumkin (uzunligi 10 sm gacha va og‘irligi bir necha kilogramm bo‘lgan kristallari ma’lum). Kassiterit kristallarini qiyofasi odatda dipiramidal va dipiramidal – prizmatik. Ustunsimon va ignasimon hamda qo‘shaloq kristallari ham uchraydi. «Yog‘och kassiterit» deb nom olgan xili kolloid massalarga xos konsentrik-zonal yo‘l-yo‘l tuzilishga ega bo‘lib, tuguncha va oqiqlar shaklida uchraydi. Kassiteritni nordenshel’dit (CaSn[BO 3 ] 2 ) va kvars (SiO 2 ) bilan parallel o‘simtalari ma’lum. Kassiteritni rangi odatda sarg‘ish yoki qizg‘ish jigarrangdan jigarrang- qoragacha ba’zan qizil, sariq, kulrang va oq, ayrim hollarda rangsiz ham bo‘lishi mumkin. Chizig‘i qo‘ng‘ir. Yaltirashi olmossimon va yog‘langandek. Kristallarida zonal tuzilishini kuzatish mumkin. Kassiterit rangini turli bo‘lishi ularni tarkibiga aralashma sifatida kiruvchi xromofor elementlarga bog‘liqdir. Nb, Ta, Fe va Mn kassiteritga qoramtir rang beradi, W esa sarg‘ish rang beradi. Mineralni sinishi ko‘pincha chig‘anoqsimon. Ulanish tekisligi mukammal emas. Qattiqligi 6-7. Solishtirma og‘irligi 6,8-7. Optik konstantalari: Ng-2,09; Np-1,99; Ng- Np=0,10. Mikroskop ostida o‘tgan yorug‘lik nurida kassiterit jigarrang –qizil, sariq, yashil ba’zan rangsiz. Silliqlangan shliflarda och kulrang bo‘lib, kuchli anizotrop va kuchsiz pleoxroizm xususiyatiga ega. Yupqa plastinkasimon qo‘shaloq tuzilishi kuzatiladi. Qaytarish ko‘rsatkichi kichik – 10% atrofida. Kassiteritni ajratishda diagnostik belgi bo‘lib, kristallar formasi, qo‘shaloq kristallari va Yuqori darajadagi solishtirma og‘irligi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 1,758; 1,213; 1,079. Kislotalarda erimaydi. Dahandam alangasida erimaydi, lekin uch hajm soda qo‘shib, ko‘mir ustida tez dam berilsa, keskin qaytaruvchi alangada mayda eziluvchan qalay bilan SnO 2 ning oq gardlari hosil bo‘ladi. 157 Kassiterit konlari genetik jihatdan nordon magmatik tog‘ jinslari bilan bog‘liq. Ular pegmatitlarda (20.4-rasm) hamda pnevmatolit va gidrotermal tomirlarda uchraydi. Pegmatit va pnevmatolit konlardagi kassiterit o‘zining qoramtir rangi, qisqa prizmatik deyarli dipiramidal qiyofada ko‘rinishi bilan gidrotermal konlardagi kassiterit esa qo‘ng‘ir rangi va uzun prizmatik qiyofasi bilan xarakterlanadi. Pegmatitlardagi kassiterit ko‘p hollarda sochilgan holda uchraydi. Pnevmatolitlardagi kassiterit bilan bir assotsiatsiyada molibdenit, vol’framit, arsenopirit uchraydi. Rudasiz minerallardan kvarsdan tashqari turmalin, berill, flyuorit va boshqa minerallar uchraydi. Kassiteritni gidrotermal konlari sanoatda ancha muhim ahamiyatga ega. Ulardan eng muhimlari kvars – kassiteritli va sul’fid – kassiteritli konlardir. Sul’fidli konlarda kassiterit bilan bir assotsiatsiyada arsenopirit, pirit, pirrotin, vismutin, xal’kopirit uchraydi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling