Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Kvars – SiO
2 Nomining kelib chiqishi noma’lum. Kimyoviy tarkibi: Si – 46,75%; O – 53,25%. Rangsiz shaffof xillarigina nazariy tarkibiga javob bersa kerak. Sutdek oq va boshqa ranglilari tarkibida ozmi- ko‘pmi har xil gazsimon, suyuq va qattiq moddalar: CO 2 , H 2 O, uglevodorodlar, NaCl, CaCO 3 ishtirok etadi. Singoniyasi trigonal, simmetriya ko‘rinishi trigonal-trapetsoedrik – L 3 3L 2 . Fazoviy gruppasi: a 0 =4,903; c 0 =5,393. Kristallarining qiyofasi cho‘zinchoq prizmatik, qo‘shaloq kristallari har xil qonuniyat asosida o‘sgan bo‘lib, juda ko‘p uchraydi, va quyidagicha ataladi: 1) Dofiney tipidagi qo‘shaloq kristallari bir-biri bilan shu qadar mukammal o‘sishadiki, natijada oddiy kristallarga o‘xshab qoladi; 2) Braziliya tipidagi qo‘shaloq kristali dofiney tipidagi qo‘shaloq kristalidan shu bilan farq qiladiki, undagi trapetsoedr yonlari ikki marta ko‘p bo‘lib biroz boshqacharoq: biri ikkinchisining vertikal tekislikdagi aksi kabi joylashgan; 3) Yapon tipidagi qo‘shaloq kristallari trigonal dipiramida bo‘yicha hosil bo‘ladi, bunda yakka kristallar bir-biriga 84° 34´ li burchak hosil qilib o‘sadi. Kvarsni rangi har xil bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha suvdek shaffof bo‘ladi. Sinishi chig‘anoqsimon. Ulanish tekisligi yo‘q. Qattiqligi 7. Solishtirma og‘irligi 2,65. Optik xususiyatlari: Ng-1,553, Nm-1,544. Ng-Nm=0,009. Kvarsni xarakterli belgilaridan biri p’ezoelektrik xususiyatidir. Kvarsni juda ko‘p xillari ma’lum 162 bo‘lganligi uchun biz mineralogik toza va aralashmalar aralashgan xillari ustida to‘xtalib o‘tamiz. Kvarsni mineralogik toza xillari quyidagilarga ajratiladi: shaffof, kam shaffof va shaffof emas. Shaffof xillariga tog‘ xrustali (rangsiz) (20.5, 20.6- rasmlar), ametist (binafsha kvars) (20.7, 20.8-rasmlar), rauxtopaz (tutun rang kvars) (20.9-rasm), ssitrin (sariq kvars) kiradi. Kam shaffof xillariga morion (qora) (20.10-rasm), pushti va sutrang kvarslar kiradi. Shaffof emas xillariga temirli va oddiy kvars kiradi. Kvarsni boshqa minerallar aralashgan xillariga quyidagilar kiradi: 1) prazem – yashil kvars, bu rangni aralashma sifatida kirgan aktinolit yoki xlorit beradi. 2) avantyurin – tillasimon tovlanib turadigan qo‘ng‘ir-qizil kvars, bu rangni aralashma sifatida kirgan slyudalar, getit va temir slyudkalar beradi. 3) mushuk ko‘z – asbest aralashmasi bilan ipaksimon tovlanadigan yashil kvars. 4) yo‘lbars ko‘z – tilladek tovlanadigan qoramtir jigarrang kvars. 5) burgut ko‘z – krokidolit aralashgan ko‘k kvars. Kvarsni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib kristallarini qiyofasi, yaxlit agregatlarida ulanish tekisligini yo‘qligi, chig‘anoqsimon sinishi va shishasimon yaltirashi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,34; 1,813; 1,539. Kislotalarda erimaydi. Dahandam alangasida erimaydi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling