Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

20.12-rasm. Kvars druzasi 


167 
Kvars konlari juda ko‘p. Ular orasida eng katta ahamiyatga ega 
bo‘lganlaridan biri Uraldagi Murzinsk – Alabashkinsk rayonidagi konlardir. Bu 
erda tog‘ xrustali, ametist, tutunsimon kvars tomirlarda va pegmatitlarda uchraydi. 
Ukrainada morionni yirik konlari Jitomir oblastining Volodarsk – Volinsk rayonini 
pegmatitlarida uchraydi. Bundan tashqari kvarsni yirik konlari Braziliyada (Minas- 
Jerays konidagi shaffof kvarslar), Alp tog‘larida (shaffof kvarsni hamma xillari), 
Madagaskarda (tog‘ xrustali),sseylonda va Birmada (ametist) ma’lum. 
O‘zbekistonda kvars eng ko‘p tarqalgan minerallar qatoriga kiradi. Bu erda 
magmatik, 
cho‘kindi, 
metamorfogen, 
greyzen 
tipidagi, 
pegmatitlardagi, 
gidrotermal tomirlardagi kvars juda ko‘p deyarli hamma konlarda uchraydi. Yerni 
ustki qismida kvars barqaror bo‘lib sochilma konlarga o‘tadi.
Kvarsni shaffof va yarim shaffof xillari har xil rangli qimmatbaho toshlar 
olishda ishlatiladi. P’ezoelektrik xususiyatga ega bo‘lgan xillari radiotexnikada 
keng qo‘llaniladi. Rangsiz tog‘ xrustallari optik asboblar tayyorlashda ishlatiladi. 
Ayrim xillari (ayniqsa texnik agat) aniq mexanikada, mexanizmlar o‘qlarining 
tayanch nuqtalari, tayanch prizmalar, soat toshlari ishlash uchun va boshqa 
maqsadlarda ishlatiladi. Bundan tashqari kvars ximiya sanoatida (o‘tga va 
kislotaga chidamli idishlar), meditsinada (kvars lampalari), oyna va keramika 
sanoatida, abraziv material sifatida va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Tridimit – SiO
2
  
Mineral nomi grek so‘zi «tridimos» - uchlangan degan so‘zdan kelib 
chiqqan (uch qo‘shaloq tarzda uchraydi). Tridimitni ikki xili ma’lum: α – tridimit 
(past temperaturali xili – rombik singoniya) va β – tridimit (Yuqori temperaturali 
xili – geksagonal singoniya); α – tridimit vaqt o‘tishi bilan α kvarsga aylanadi.
α – tridimit psevdogeksagonal qiyofadagi kristallar tarzida uchraydi.
Rangi oq va kulrang oq, ba’zan rangsiz. Tridimitni asosiy fizik xususiyatlari 
20.1-jadvalda keltirilgan.
Tridimit asosan nordon effuziv jinslarini bo‘shliqlarida uchraydi. Konlari 
Meksikada (San-Kristobal), Vezuviyda va boshqa joylarda ma’lum. U 
Zakarpat’eni datsit va andezitlarida ham uchraydi. 


168 
20.1-jadval
SiO

ni asosiy polimorf modifikatsiyalarini ayrim fizik xususiyatlari 
Mineral 
Elementar yacheyka 
parametrlari 
Q
at
ti
q
li
g

So
li
sh
ti
rma 
og
‘i
rl
ig

Optik xususiyatlari 
a
0
b
0
c
0
Ng 
Nm 
Np 
Ng-
Np 
(Nm) 
Kvars 
4,903 

5,393 

2,65 
1,553 
1,544 

0,009 
Tridimit 
9,88 17,01 16,3 6-7 2,30 
1,473 
1,470 1,469 0,004 
Kristobalit 
4,96 

6,92 

2,27 
1,487 
1,484 

0,003 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling