Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
20.14-rasm. Xalsedonning daraxt bo‘yicha psevdomorfozasi Opal – SiO 2 ·nH 2 O. Nomining kelib chiqishi noma’lum. Kimyoviy tarkibi juda o‘zgaruvchan. Analizlar yordamida aniqlangan suv miqdori 0,4% dan 28% gacha bo‘ladi. Bundan tashqari MgO, CaO, Al 2 O 3 , Fe 2 O 3 hamda FeO, Na 2 O, K 2 O ishtirok etishi mumkin. Opalni quyidagi xillari ma’lum: 1) opalessensiya xususiyatiga ega bo‘lgan asl opal. Suvdek shaffof bo‘lgan engil xili. 2) gidrofan – g‘ovak, quruq holda xira xili. 3) gialit – stalaktit shaklidagi yoki sferolit kabi tuzilgan xili. Bundan tashqari opalessensiya xususiyatiga ega bo‘lmagan va shaffof emas bo‘lgan oddiy opallar ham ma’lum. Oddiy opallar rangiga ko‘ra turli xillarga ajratiladi. Organik jarayonlarda hosil bo‘lgan opallarga trepel va diatomit kiradi. Odatda zich shishasimon massalar holida bo‘lib, tashqi ko‘rinishidan oqiq holda uchraydi. U amorf, kolloid mineral. Ko‘pincha opalni organik qoldiqlar bo‘yicha psevdomorfozalari ham uchraydi. Opalni rangi oq, kulrang bo‘lib, ba’zan aralashmalar hisobiga turli ranglarda bo‘lishi mumkin. Yaltirashi asosan shishasimon. Qattiqligi 5,5 – 6,5. Solishtirma 171 og‘irligi 1,9 – 2,3. Sindirish ko‘rsatkichi 1,40 – 1,46. Dahandam alangasida suv ajralib chiqib, ba’zan qizaradi. Opal qaynoq (Islandiya va Amerikadagi geyzerlar) va sovuq (xar xil kremnezemli birikmalarni parchalanishi natijasida) suvli eritmalardan hosil bo‘ladi. Opal hosil bo‘lishda organizm qoldiqlari katta rol o‘ynaydi. Vaqt o‘tishi bilan opal xalsedonga, so‘ngra kvarsga aylanadi. Opalni konlari Uzoq Sharqda, Uralda, Ukrainada, Islandiyada, Amerikada, Vengriyada, Italiyada ma’lum. O‘zbekistonda opal ko‘p bo‘lmay Qurama tog‘lardagi konlarda kuzatilgan. Asl opallar bezaktoshlar sifatida ishlatiladi. Trepeldan metallarni, toshlarni jilolash uchun va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling