Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

20.16-rasm. Getitning pirit bo‘yicha psevdomorfozasi 
Getit uchun agregatlarini konsentrik zonal tuzilishga egaligi, chizig‘ini 
qo‘ng‘irligi, 
sarg‘ish 
qo‘ng‘ir 
oxra 
kabi 
surkalishi 
xarakterlidir. 
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 4,18; 2,69; 2,45. HCl da sekin eriydi. 
Dahandam alangasida eriydi. Uzoq vaqt qizdirilganda kuchli magnetit tortish 
xususiyatiga ega bo‘lib qoladi. Shisha naychada suv ajratib chiqaradi, qizaradi va 
Fe
2
O
3
ga aylanadi.
Getit bilan limonit, asosan ekzogen mineral bo‘lib, ko‘pincha tarkibida 
temiri ko‘p bo‘lgan minerallar: sul’fidlar, karbonatlar, silikatlar va tarkibida ikki 
valentli temir ishtirok etuvchi boshqa xil minerallarning parchalanishi hamda 
oksidlanishidan kelib chiqadigan tuzlarning gidrolizlanishi natijasida hosil bo‘ladi. 
Juda xilma-xil temir gidrooksidlarining paydo bo‘lishini yer yuzasining hamma 
joyida ko‘rish mumkin. Qo‘ng‘ir temirtoshning ancha katta massalari sul’fid 
konlarining oksidlanish zonasida hosil bo‘ladi. Bu erda ular, asosan, limonit, getit, 
lepidokrokit va boshqa minerallardan tuzilgan bo‘sh, tugun-tugun va zich 
massalardan iborat bo‘lib, temir shlyapalar deb ataladi. Limonit bilan getit, deyarli 
doimo, yer yuzasining eng ustki qismida kislorod va suv etarli bo‘lgan sharoitda 
hosil bo‘ladi.


180 
Getit juda kam miqdorda ustunsimon va ignasimon kristallar shaklida, 
endogen mineral sifatida ham uchraydi.
Metamorfizm jarayonlarida getit bilan limonit degidratatsiyalanib gematit va 
magnetitga aylanadi.
Qo‘ng‘ir temirtoshning yirik konlari Lyuksemburgda, Kubada, Uralda, 
Ukrainada, Chexoslovakiyada ma’lum.
O‘zbekistonda ko‘p tarqalgan bo‘lib Chotqol tog‘larida, Uchquloch konida, 
Qurusoyda va boshqa joylarda kuzatilgan.
Yuqorida ko‘rsatilgan temir rudalari cho‘yan va po‘lat olishda muhim xom-
ashyo hisoblanadi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling