Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Diaspor – Al
2 O 3 ·H 2 O Grekcha “diaspor” – sochilish degan so‘zdan olingan (ayrim namunalarini qizdirganda yorilib, mayda – mayda bo‘laklarga ajralib ketadi). Ximiyaiy tarkibi: Al – 44,97%; O – 53,35%; N – 1,68%. Aralashma sifatida Fe 2 O 3 , Mn 2 O 3 , Cr 2 O 3 , SiO 2 va Ga 2 O 3 uchraydi. Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombo– dipiramidal– 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi a 0 =4,40; b 0 =9,39; c 0 =2,84; a 0 :b 0 :c 0 = 0,468:1:0,302. Uchraydigan kristallari yupqa plastinkasimon, ba’zan yassi 177 taxtachasimon, ko‘pincha cho‘ziq ustunsimon shakllarda bo‘ladi. Odatda varaqsimon yoki mayda tangachasimon agregatlar shaklida ham uchraydi. Diasporning rangi sarg‘ish - qo‘ng‘ir, oq, binafsha rang bo‘ladi. Chizig‘ining rangi oq. Yaltirashi shishasimon, ulanish tekisligi yuzalarida sadafdek tovlanadi. Ulanish tekisligi mukammal. Qattiqligi 6-7. Juda mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 3,3 – 3,5 Optik hususiyatlari: ikki o‘qli musbat Ng=1,750; Nm= 1,722; Np= 1,702; 2v = 84°. Diaspor uchun asosiy diagnostik belgi bo‘lib, varaqsimon agregat xolida tuzilishi va yuqori qattiqlikka egaligi hisoblanadi. Daxandam alangasida erimaydi. Kislotalarda parchalanmaydi. Sun’iy yo‘l bilan diasporni, alyuminiyni suvli oksidini ishqorli natriy eritmasida, bosim ostida qizdirib olish mumkin. Diaspor asosan ekzogen yo‘l bilan hosil bo‘ladi. U cho‘kindi usulda hosil bo‘lgan mineral yoki nurash mahsuloti sifatida gidrargilit va byomit bilan birgalikda boksitlar tarkibiga kiradi. Boksitlarni metamorfiklashgan mahsuloti sifatida diaspor korund, xlorit, disten va boshqa minerallar bilan birgalikda metamorfik konlarda ham uchraydi. Diaspor Chotqol va Qurama tog‘larida ikkilamchi kvarsit konlarida eng ko‘p uchraydigan minerallardan biridir. Bundan tashqari u Qizilqum boksitlarida, Hisor va Zarafshon tog‘larining nurash jarayoni mahsulotlarida uchraydi. Diaspor alyuminiy olinadigan asosiy rudalardan biridir. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling