Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Gidrargillit – Al
2
O
3
 · 3H
2
 
Mineralning nomi grekcha “gidro” – suv va “argillos” oq gil degan 
so‘zlardan kelib chiqqan.
Kimyoviy tarkibi: Al – 34,58%; O – 61,54%; H- 3,88%. Izomorf aralashma 
sifatida 2% gacha Fe
2
O
3
va 0,006% gacha Ga
2
O
3
uchrashi mumkin.


174 
Singoniyasi monoklin. Simmetriya ko‘rinishi prizmatik-L
2
PC. Fazoviy 
gruppasi: a
0
=8,624; b
0
=5,06; c
0
=9,700; β=94°34´; a
0
:b
0
:c
0
= 1,7043: 1:1,9168.
Gidrargillitning kristall strukturasi qatlam – qatlam bo‘lib, brusitnikiga 
o‘xshab ketadi. Kristallarining qiyofasi olti burchakli taxtachasimon. Ko‘pincha 
(100) va (110) bo‘yicha o‘sgan murakkab, qo‘shaloq kristallari bir necha xil qonun 
asosida tarqalgan. Varaqchalari, ko‘pincha shu’la kabi, ba’zan oqiqlar shaklida 
yoki loviyasimon hamda sharsimon konkretsiyalar tarzida bo‘ladi. Lekin u yer 
yuzida asosan mayda tangachasimon yoki yashirin kristallangan massalalar tarzida 
tarqalgan.
Gidrargillitning rangi oq yoki kulrang, yashil, qizg‘ish bo‘ladi. Yaltirashi 
shishasimon, ulanish tekisligi yuzalarida sadafdek tovlanadi. Shaffof. Qattiqligi 2,5 
– 3,5. Solishtirma og‘irligi 2,43. Ulanish tekisligi (001) bo‘yicha o‘ta mukammal. 
Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, musbat Ng – 1,587; Nm=Np=1,566. Ng-Np=0,021.
Gidrargillit uchun o‘ta mukammal ulanish tekisligi, shishasimon yaltirashi va 
ochiq rangga ega bo‘lishi xarakterlidir. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 
4,82; 2,378; 1,458. Konsentrlangan N
2
SO
4
da sekin va qaynoq ishqorlarda oson 
eriydi. Daxandam alangasida erimaydi va suvini hamda shaffofligini yo‘qotadi. 
196°–202°C temperaturalarda byomitga aylanadi.
Sun’iy gidrargillit gidroliz natijasida CO
2
ni, alyuminatlarni ishqorli 
eritmalardan o‘tkazish yo‘li bilan olinadi.
Gidrargillit asosan yer yuzida alyumosilikatlarni nurash jarayonida yuzaga 
keladi. Ba’zan gidrargillit gidrotermal mahsulot sifatida nefelin, kaolin va alunit 
bilan bir assotsiyasiyada uchraydi.
Alyuminiy gidrati gruppasiga kiruvchi minerallar boksit deb ataluvchi 
maxsus tog‘ jinslarini hosil qiladi. Tekshirishlarni ko‘rsatishicha, boksitlar kalloid 
yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Boksitlarni tarkibiy qismi bo‘lib diaspor, belit, gidrargillit, 
temir gidrooksidlari va gilli minerallar hisoblanadi.
Gidrargillit alyuminiy olish uchun asosiy manba bo‘lgan boksitlar tarkibiga 
kiradi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling