Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Kristobalit – SiO
2
  
Nomi topilgan joyi Meksikadagi San-Kristobal’ nomiga qo‘yilgan.
Kristobalitni ikki polimorf xili ma’lum: α – kristobalit (tetragonal yoki 
psevdokubik singoniyadagi past temperaturali xili) va β – kristobalit (kubik 
singoniyadagi Yuqori temperaturali xili). β – kristobalit odatda oktaedrik 
qiyofadagi kristallar tarzida uchraydi.
Kristobalitni rangi oq, yaltirashi shishasimon. Boshqa fizik xususiyatlari
20.1-jadvalda keltirilgan.
Kristobalit α – tridimit bilan birga effuziv tog‘ jinslarda uchraydi. Konlari 
Meksikada (San-Kristobal andezitlari), Germaniyada (Reynland), G‘arbiy 
Gruziyada, Zakarpat’eda ma’lum.
Xalsedon – SiO
2
  
Xalsedon kvarsning tolasimon yopiq kristallangan xili. Rentgenometrik 
tekshirishlarni ko‘rsatishicha xalsedon strukturasi kvars strukturasiga o‘xshash. 
Xalsedon mayda dispers holda bo‘lganligi uchun har xil aralashmalar bilan 
ifloslanadi va turli xillar hosil qiladi. U kulrangli bo‘lib radial-konsentrik 
tuzilishiga ega bo‘lgan holda uchraydi (oddiy xalsedon). Xalsedon ba’zan ko‘kish 
(sapfirin) va och pushtidan qizilgacha (karneol yoki serdolik) ranglarda uchraydi. 
Yashil xalsedon plazma, olmadek yashili xrizopraz deyiladi. Xalsedonni xlorit 
bilan kesishgan xili moxovik; yashil rangli och qizil xollari bor xili – geliotrop, 


169 
opaldan suvsiz xalsedonga o‘tish formasidagi oq xalsedon – kaxcholong deyiladi. 
Xalsedonni yo‘l-yo‘l xili agat, qo‘pol yo‘lli xili oniks deyiladi. Xalsedonni mayda 
sochilgan holda har xil aralashmalar aralashgan xili yashma deyiladi (20.13-rasm). 
 
20.13-rasm. Yashma. 
Yopiq kristallangan kvarsning xalsedonsimon tomirli massalari va 
kremniylashgan tog‘ jinslari rogoviklar deyiladi. Xalsedonni optik xususiyatlari: 
Ng=1,539; Np=1,531; Ng-Np=0,008. Dahandam alangasida xalsedon kvarsga 
o‘xshash. Yashma konlari Uralda, Ukrainada ma’lum. 
Ekzogen jarayonlarda xalsedonni psevdomorfozalari ham ko‘p uchraydi 
(20.14-rasm).
Xalsedon va uning xillari zargarlikda, xovonchalar qilishda, hamda aniq 
mexanikada ishlatiladi.


170 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling