165
20.10-rasm. Morion
Kvars juda xilma-xil sharoitlarda yuzaga kelishi mumkin. Magmatik
jarayonda hosil bo‘lgan kvars jins tashkil qiluvchi mineral bo‘lib,
intruziv va
pegmatit jarayoni minerallari bilan bir assotsiatsiyada keladi. Kvarsni ko‘p qismi
gidrotermal jarayonlarda qaynoq eritmalardan ajralib chiqish yo‘li
bilan yuzaga
keladi. Bu hollarda kvars ko‘pgina rudali tomirlarni asosiy minerallaridan
hisoblanadi. Kvarsni yirik kristallaridan Peterburgning tog‘
muzeyida turgan
namunasini ko‘rsatish mumkin. (Uzunligi - 90 sm). Volindan topilgan kvars
kristalini og‘irligi 10 tonna bo‘lib, uzunligi 2,7 m.
Kvarsni gigant kristalini
topilishi uni kristallizatsiya davrini uzoq davom etganidan, tuzilishini turliligi esa
kristallni o‘sish davridagi tezlikni har xilligidan dalolat beradi. Kvars kristalini bir
xilligi eritmani konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lib, qiyofasiga ham ta’sir
qiladi
(20.11-rasm).
Tekshirishlarni
ko‘rsatishicha
o‘ta to‘yingan eritmalardan
kristallangan Yuqori temperaturali kvars (β – kvars, 573° - 870° oralig‘ida)
kristallari qisqa prizmatik qiyofaga ega bo‘lib, hamma tomonlari simmetrik o‘sadi.
166
20.11-rasm. Chaqmoqtosh
Kam konsentratsiyaga ega bo‘lgan eritmalardan
kristallangan past
temperaturali kvars (α – kvars, 0-573° oralig‘ida) kristallari chiziq formaga ega
bo‘lib, tomonlari tekis o‘smaydi. Kvars metamorfik
jarayonlarda ham yuzaga
keladi. Sovuq eritmalardan cho‘kindi tog‘ jinslarida hosil bo‘luvchi gipergen kvars
ham ko‘p tarqalgan. Gipergen kvars yaxshi kristallar hosil qiladi (20.12-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: