Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Pirolyuzit – MnO
2 Nomi grekcha “piros” - o‘t, olov, “lyuzios” - yo‘qotuvchi degan so‘zlardan kelib chiqqan (oyna ishlab chiqarishda, oynani yashil tusini yo‘qotishda ishlatiladi). Sinonimi: polianit (aniq kristallangan xillari Shunday nom bilan atalgan). Kimyoviy tarkibi: Mn -63,19%; O – 36,81%. Mayin donador va yashirin kristallangan massalari tarkibida mexanik aralashmalar sifatida Fe 2 O 3 ; SiO 2 ; H 2 O bo‘ladi. Singoniyasi tetragonal. simmetriya ko‘rinishi ditetragonal – dipiramidal L 4 4L 2 5PC. Fazoviy gruppasi: a 0 = 4,38; c 0 = 2,85; a 0 :c 0 = 1: 0,651. Pirolyuzit kristallari kam uchraydi. Ular ignasimon va nayzasimon shakllarda bo‘ladi. Pirolyuzit odatda yaxlit va yashirin kristallangan, ko‘pincha, kukun, qurum kabi massalari tarkibida qisman psilomelanning buyraksimon agregatlari o‘rnida vujudga kelgan psevdomorfozalari shaklida uchraydi. 160 Pirolyuzitning rangi qora. Ba’zan metallarga xos ko‘kimtir tusda tovlanadi. Chizig‘i qora. Yaltirashi yarim metalsimon. Shaffof emas. Mo‘rt. Ulanish tekisligi (110) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 5-6. Solishtirma og‘irligi 4,7–5,0. Silliqlangan shliflarda, mikroskop ostida pirolyuzit, oq rangli bo‘lib, ma’lum darajada anizatroplik hususiyatiga ayrim paytlarda esa polisintetik ikkilanish tuzilishga ega. Qaytarish ko‘rsatkichi o‘rtacha 35% atrofida. Boshqa minerallardan ajratish uchun diagnostik belgi bo‘lib chizig‘ining qoraligi, ulanish tekisligi, mo‘rtligi va kichik qattiqlikka egaligi hisoblanadi. Rentgennogramma-dagi asosiy chiziqlari 3,118; 2,404; 1,622. Daxandam alangasida erimaydi. Tarkibidagi kislorodning bir qismini (og‘irligining 12% gacha) ajratib chiqarib, past tartibli oksidga aylanadi va qo‘ng‘ir tusga kiradi. 500°C gacha qizdirganda o‘zgarmaydi, 550° – 650°C orasida dissotsiyalanish jarayoni ro‘y beradi va braunit hosil bo‘ladi (Mn 2 O 3 ni kubik modifikatsiyasi), bundan so‘ng 940° – 1100°C gacha qizdirilsa, Yuqori temperaturada barqaror bo‘lgan gausmanitga (Mn 3 O 4 ) aylanadi. HCl da eriydi va Cl ajralib chiqadi. Pirolyuzit sun’iy yo‘l bilan (MnNO 3 ) 2 ni 154°C da, past bosim ostida parchalanishi natijasida, hamda marga-nets tuzlarini KClO 3 , HNO 3 va boshqa oksidlantiruvchilar bilan oksidlanishi natijasida olinadi. Pirolyuzit konlari asosan ekzogen sharoitlarda yuzaga keladi. Sanoatbop ahamiyatga ega bo‘lgan cho‘kindi konlarda pirolyuzit boshqa marganets minerallari, temir oksidlari va gidroksidlari (gausmanit, manganit, braunit, psilomelan, qo‘ng‘ir temirtoshlar) bilan bir assotsiyasiyada uchraydi. Uncha boy bo‘lmagan marganetsni birlamchi rudalarni oksidlanish zonasida marganets shlyapalarini hosil qiluvchi nurash konlari ham uchraydi. Oksid-lantiruvchi muxit mavjud bo‘lgan sharoitlarda, nisbatan kam miqdorda gidrotermal jarayonlarda hosil bo‘lgan pirolyuzit konlari ham uchraydi. Yer yuzida pirolyuzit marganetsni eng yuqori oksidi sifatida barqaror minerallardan biri hisoblanadi, Shuning uchun oksidlanish zonasida marganetsni hamma minerallari pirolyuzitga aylanadi. Shuning uchun pirolyuzitni marganets minerallari, kal’sit, rodoxrozit va dolomit o‘rnida yuzaga kelgan 161 psevdomorfozalari ma’lum. Pirolyuzitning yirik konlari Zakavkaz’eda (Chiatura), Ukrainada (Nikopol’), Hindistonda (Balagat, Nagpur, Bandar), G‘arbiy Afrikada (Oltin qirg‘oq), Chexoslavakiyada (Platten) ma’lum. Pirolyuzit O‘zbekistonda Zarafshon – Hisor tog‘ tizmalarida, Pskem tog‘larida, Sulton - Uizdog‘da, Qurama tog‘larida uchraydi. Pirolyuzit eng muxim marganets rudasidir. U quruq elektr batareyalari ishlab chiqarishda, oyna sanoatida oynani yashil rangini yo‘qotishda, kimyoviy preparatlar tayyorlashda, meditsinada, ferromarganets olishda va boshqa sohalarda ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling