Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Anataz – TiO
2 Nomi grekcha «anatasis» - cho‘ziq degan so‘zdan kelib chiqqan. Kimyoviy tarkibi: Ti – 60%; O – 40%. Singoniyasi tetragonal, simmetriya ko‘rinishi 155 ditetragonal-dipiramidal – L 4 4L 2 5PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =3,73; c 0 =9,37; a 0 :c 0 =1:2,512. Anataz uchun dipiramidal (o‘tkir burchakli dipiramidalar), hamda tonakoidal qiyofa xarakterlidir. Anataz asosan kristallar tarzida uchraydi. Prizma shaklidagi va taxtasimon kristallarni ham uchraydi. Rangi qo‘ng‘ir, jigarrang qora. Chizig‘i rangsiz. Yaltirashi olmossimon. Yupqa qavati shaffof. Sinishi chig‘anoqsimondan tekisgacha. Qattiqligi 5-6. Solishtirma og‘irligi 3,9. Ulanish tekisligi (001) va (111) bo‘yicha mukammal. Optik xususiyatlari: bir o‘qli, manfiy; Nm=2,55; Np=2,49; Ng-Np=0,06. Mikroskop ostida o‘tgan yorug‘lik nurida anataz jigarrang, sarg‘ish jigarrang, yashilroq va ko‘k. Anatazni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib dipiramidal kristallarini o‘tkir burchakli qiyofasi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,22; 2,45; 1,681. Dahandam alangasida erimaydi. Anatazni 915°C ga qizdirganda rutilga aylanadi. Anataz asosan intruziv tog‘ jinslarda va kristallangan slanetslarda uchraydi. Pegmatit tarkibiga va tomirlariga kirib pnevmatolit jarayonlarda ham uchraydi. Yerni yuza qismida anataz intruziv tog‘ jinslarini tarkibida titan bo‘lgan minerallarini nurashidan hosil bo‘ladi. Gidrotermal va sochilma konlari ko‘proq amaliy ahamiyatga ega. Yerni yuza qismida barqaror bo‘lib sochilma konlarga o‘tadi. Konlari Qozog‘istonda, Amerikada, Shveysariyada, Braziliyada, Uralda ma’lum. O‘zbekistonda anataz ko‘p uchraydigan minerallar qatoriga kirib, juda ko‘p kuzatilgan va o‘rganilgan, lekin miqdor jihatidan juda oz uchraydi. Amaliy ahamiyati rutilniki kabi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling