Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
150 Magnetit - FeFe 2 O 4 Mineral nomining qanday kelib chiqqanligi aniq emas. U Magneziya (Makedoniya) degan joy nomi bilan, yoki cho‘pon Magnes nomi bilan bog‘liq deb taxmin qilishadi. Cho‘pon magnes magnetitni birinchi marta topgan va bu magnit cho‘ponning etiklari ostidagi mixni va tayog‘i uchidagi temirni o‘ziga tortgan. Nomi magnitlik hususiyati bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Sinonimi magnitli temirtosh. Kimyoviy tarkibi: Fe – 72,36%; O – 27,64% . Aralashma sifatida TiO 2 va Cr 2 O 3 bo‘lishi mumkin. Tarkibidagi TiO 2 miqdori 25% gacha etsa mineral titanomagnetit deyiladi. Tarkibida Cr 2 O 3 bo‘lgan xili xromamagnetit deyiladi. Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik – 3L 4 4L 3 6L 2 9PC. Fazoviy gruppasi a 0 =8,374. Topilgan kristallari ko‘proq oktaedrik, ba’zan rombo – dodekaedrik bo‘ladi. Agregatlari yaxlit donador massalar yoki xol – xol donalar bo‘lib intruziv, ko‘pincha asos jinslar orasida uchraydi. Bo‘shliqlarda druza bo‘lib o‘sgan kristallarini ham uchratish mumkin. (20.3-rasm) 20.3-rasm. Magnetit 151 Magnetitning rangi temirdek qora. Chizig‘i qora. yaltirashi yarim metallsimon. Shaffof emas. Qattiqligi 5,5 – 6. Mo‘rt. Ulanish tekisligi yo‘q. Solishtirma og‘irligi 5,9- 6,2. Kuchli magnit tortish hususiyatiga ega. 580°C ga yaqin temperaturaga qizdirganda magnit tortish hususiyati yo‘qoladi, lekin soviganda yana magnit tortadigan bo‘lib qoladi. Mikroskop ostida, silliqlangan shliflarda magnetit izotrop. Qaytarish ko‘rsatkichi kichik – 21%. Magnetit uchun diagnostik belgi bo‘lib, uning magnitlik hususiyati, kristallar qiyofasi va chizig‘ining qoraligi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,541; 1,612; 1,479. HCl da kukun xolatida eriydi. Daxandam alangasida erimaydi. Oksidlantiruvchi alangada avval magnetitga (Fe 2 O 3 ), keyin magnit tortish hususiyatini yo‘qotib gematitga aylanadi. Sun’iy yo‘l bilan magnetitni tarkibida temiri bo‘lgan silikat eritmalarni kristallizatsiyalanishidan, hamda galoidlar va mineralizatorlar (masalan, B(OH) 3 ) ishtirok etuvchi eritmadan olish mumkin. Magnetit asosan qaytaruvchi sharoitlarda, magmatik yo‘l bilan, hamda gidrotermal va pnevmatolit jarayonlar ta’siri kontaktida yuzaga keladi. Regional metamorfizm ta’sirida magnetit gematitga o‘xshab, ekzogen jarayonlarda cho‘kindi jinslar orasida hosil bo‘lgan temir gidroksidlarining degidratsiyalanishi natijasida faqat qaytaruvchi (kislorod etishmaydigan) sharoitlardagina vujudga keladi. Bunday yo‘l bilan hosil bo‘lgan konlar qatoriga metamorfiklashgan cho‘kindi jins qatlami orasida ko‘p topiladigan magnetit – gematitlarning katta – katta uyumlari kiradi. Yerning ustki qismida magnetit barqaror bo‘lib sochilmalarga o‘tadi. Issiq iqlimli joylarda magnetit o‘rnida gematit psevdomorfozalari yuzaga kelib, bu jarayon martitlanish deyiladi. Dunyodagi yirik konlari Ukrainada, Uralda va AQSH da ma’lum. O‘zbekistonda magnetit Chotqol – Qurama tog‘larida va Sulton Uizdog‘da ko‘p uchraydi. Tarkibida 45 – 50% dan ortiq temir bo‘lgan magnetit rudalari cho‘yan va po‘lat eritib olish uchun muhim xom ashyo hisoblanadi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling