Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Il’menit – FeTiO
3
Birinchi marta Uralning Il’men tog‘ida topilgani uchun Shunday nom 
berilgan. Sinonimi – titanli temirtosh. Kimyoviy tarkibi: Fe – 36,8%; Ti – 31,6%; 
O – 31,6%. Izomorf aralashma sifatida Mg va Mn bo‘lishi mumkin. Singoniyasi 
trigonal, simmetriya ko‘rinishi romboedrik – L
3
3PC. Fazoviy gruppasi: a
0
=5,093; 
c
0
=14,07; a
0
:c
0
=1:2,764.
Noto‘g‘ri shaklli xol-xol donalar va kristallar holida uchraydi. Kristallari 
yo‘g‘on ustunsimon ba’zan plastinkasimon. Romboedr bo‘yicha qo‘shaloq 
kristallari ham uchraydi.
Il’menitni rangi temirdek qora, chizig‘ini rangi qora ba’zan qo‘ng‘ir yoki 
qizg‘ish-qo‘ng‘ir. Yaltirashi yarim metallsimon. Shaffof emas. Ulanish tekisligi 
yo‘q. Sinishi chig‘anoqsimondan yarim chig‘anoqsimongacha. Qattiqligi 5-6. 
Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 4,72. Kuchsiz magnitlik xususiyatiga ega. Optik 
xususiyatlari: bir o‘qli, manfiy. Nurni kuchli ikkilantirish xususiyatiga ega. 


148 
Mikroskop ostida silliqlangan shliflarda kulrang oq, anizotrop, kuchsiz pleoxroik 
xususiyatga ega. Ko‘p polisintetik qo‘shaloqliklari kuzatiladi. Nurni qaytarish 
ko‘rsatkichi past – 18%.
Il’menitni aniqlashda xarakterli belgi bo‘lib kristallar qiyofasi xizmat qiladi. 
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,74; 2,53; 1,720. Qizdirilgan HCl da 
sekinlik bilan eriydi. Dahandam alangasida oksidlanish alangasida erimaydi, 
qaytarilish alangasida cheka qismlari biroz eriydi.
Sun’iy yo‘l bilan il’menitni TiO
2
ni FeCl
3
bilan qizdirish, hamda 270-300°C 
temperaturada amorf TiO
2
, Fe metali va biroz qizdirilgan Fe
2
O
3
ni aralashmasini 
HF orqali o‘tkazib olish mumkin.
Il’menit magmatik jarayonlarda, o‘ta asos intruziv jinslarda, aksessor 
mineral sifatida, mayda kristallar tarzida magma kristallanishini boshlang‘ich 
bosqichida hosil bo‘ladi. Il’menitni ishqorli tog‘ jinslari bilan bog‘liq bo‘lgan 
pegmatit, pnevmatolit va gidrotermal konlari ham ma’lum. Il’menit bilan bir 
assotsiatsiyada magnetit, sfen va rutil keladi. Il’menitni yirik konlari Norvegiyada 
(Ekerzund-Zoggendal’, Kragere, bu erda 6-7 kg li yirik kristallari topilgan), Uralda 
(Il’men tog‘lari), Fransiyada (Sen-Kristof koni) ma’lum. Il’menit O‘zbekistonda 
ancha ko‘p uchraydigan minerallardan biri bo‘lib Chotqol, Qurama tog‘larida va 
G‘arbiy O‘zbekiston konlarida juda ko‘p kuzatilgan.
Il’menit yerni yuza qismida barqaror bo‘lib sochilma konlarni ham hosil 
qiladi.
Il’menit titan rudasi olish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Titan TiO
2
shaklida oq bo‘yoq, po‘latni maxsus navlarini olishda ishlatiladi. Titan metali 
Yuqori temperaturaga va korroziyaga chidamliligi, payvandlash qobiliyatiga ega 
ekanligi, solishtirma og‘irligining kichikligi sababli aviatsiya sanoatida 
qimmatbaho xom-ashyo hisoblanadi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling