Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Nazorat savollari: 
1. Flyuoritning amaliy ahamiyati. 
2. Galit qaysi jarayonlarda hosil bo‘ladi. 
3. Galit bilan silvinning farqi nimada? 
 
20. Oksidlar 
20.1. Sodda va murakkab oksidlar 
Kuprit – Cu
2
 
Nomi lotincha «kuprum» - mis degan so‘zdan kelib chiqqan. Sinonimi – 
qizil mis rudasi. Kimyoviy tarkibi: Cu – 88,7%, O – 11,2%. Mexanik aralashma 
sifatida sof tug‘ma mis, qo‘ng‘ir temirtoshlar va opal bo‘lishi mumkin. Xillari: 
g‘ishtsimon mis rudasi (tarkibida temir gidrooksidlari aralashmasi bor) va 
smolasimon mis rudasi (tarkibida kremnezem va temir gidrooksidlari aralashmasi 
bor) haqiqatda koloidal mineral aralashmalardan iborat. Singoniyasi kubik
simmetriya ko‘rinishi pentagon – trioktaedrik – 3L
4
4L
3
6L
2
. Fazoviy gruppasi: 
a
0
=4,26. Kuprit yaxlit donasimon, ba’zan tuproqsimon agregatlar, hamda oktaedrik 
ba’zan kubik va dodekaedrik qiyofaga ega bo‘lgan kristallar tarzida uchraydi.


144 
Kupritni rangi har xil tusdagi qizil. Chizig‘ini rangi jigarrang qizil. 
Yaltirashi olmossimon. Ulanish tekisligi (111) bo‘yicha mukammal emas. 
Qattiqligi 3-4. Solishtirma og‘irligi 6. Ba’zan yarim shaffof. N=2,85. Mikroskop 
ostida silliqlangan shliflarda ichki qizg‘ish qizil reflekslar bilan havorang oq. 
Odatda anomal anizotrop, pleoxroik. O‘tgan yorug‘lik nurida qizil. Nurni qaytarish 
ko‘rsatkichi o‘rtacha – 25% atrofida.
Kupritni aniqlashda belgi bo‘lib olmossimon yaltirashi, chizig‘ini qizilligi va 
sof tug‘ma mis, hamda ikkilamchi mis minerallari (malaxit, azurit) bilan birga 
uchrashishi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,456; 1,505; 
1,280. HCl konsentrlangan NaOH, HNO
3
va H
2
SO
4
da eriydi. Dahandam 
alangasida ko‘mir ustida qoralashadi, so‘ngra eriydi va qaytarilish alangasida mis 
sharchasini hosil qiladi.
Kupritni sun’iy yo‘l bilan mis tuzlarini ishqorli eritmalarda qaytarish yo‘li 
bilan hamda mis metalini havoda qizdirish yo‘li bilan olish mumkin.
Hosil bo‘lish jihatidan kuprit, tipik ekzogen mineral bo‘lib mis konlarini 
Yuqori gorizontlarida, mis sul’fidlarini nurash mahsuloti sifatida quyidagi reaksiya 
asosida yuzaga keladi.
Cu
2
S+2O
2
+H
2
O=Cu
2
O+H
2
SO
4
2Cu
5
FeS
4
+17O
2
=6CuSO
4
+2FeSO
4
+2Cu
2

Sul’fid konlarini oksidlanish zonasida kuprit bilan bir assotsiatsiyada misni 
ikkilamchi minerallari malaxit, azurit, sof tug‘ma mis, hamda qo‘ng‘ir temirtoshlar 
keladi. Bu minerallar tetraedrit, xal’kopirit va boshqa mis sul’fidlari o‘rnida 
psevdomorfozalar hosil qiladi. Ko‘p miqdorda yaxshi kristallar tarzida kuprit 
Uraldagi mis konlarda (Gumeshevsk, Mednorudyansk, Tur’in), hamda Fransiyada 
(Lion yaqinidagi Shessi koni), Amerikada (Arizonadagi Bisbi) topilgan. Oz 
miqdorda kuprit O‘zbekistonni ko‘pgina konlarida (Misli Qalmoqir konini 
oksidlanishi zonasida, Qo‘rg‘oshinkon polimetall konida, Qurama tog‘laridagi 
ko‘pgina konlarda, G‘arbiy O‘zbekiston konlarida, Hisor tog‘larida) topilgan.
Yerni ustki qismida kuprit o‘zgarib malaxitga, sof tug‘ma misga ba’zan tenorit, 
atakamit va misni boshqa oksidli minerallariga aylanadi.


145 
Misni boshqa minerallari bilan birgalikda mis rudasi olish uchun xizmat 
qiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling