Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Shpinel’ – MgO·Al
2 O 3 Mineral nomi qanday kelib chiqqanligi noma’lum. Shaffof har xil rangli (qizil, pushti, yashil, ko‘k, binafsha va boshqa ranglarda ) xillari asl shpinellar deyiladi. 149 Kimyoviy tarkibi: Mg- 17,1%; Al – 37,91%; O – 44,99%. Odatda Fe 2 O 3 , FeO va boshqa aralashmalar bo‘ladi. Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik - 3L 4 4L 3 6L 2 9PC. Fazoviy gruppasi: a 0 = 8,086. Kristallarining qiyofasi ko‘pincha boshqa jinslar orasida o‘sgan oktaedrik kristallar shaklida bo‘ladi. Rangi juda har xil bo‘lib, rangsiz xillari juda kam uchraydi. Yaltirashi shishasimon. Optik jihatdan izotrop. N= 1,718 - 1,75. Qattiqligi 8. Solishtirma og‘irligi 3,5 - 3,71. Erish temperaturasi 2150°C. Ulanish tekisligi mukammal emas. Shpinel’ kristallarini oktaedrik qiyofasi va Yuqori darajadagi qattiqligiga qarab ajratish mumkin. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,441; 1,427; 1,053. Daxandam alangasida erimaydi. Konsentrik H 2 SO 4 da juda qiyin eriydi. Asl shpinellar granatlarga juda o‘xshash bo‘lib, ulardan kristallar qiyofasi va qattiqligini kattaligi bilan farq qiladi. Sun’iy yo‘l bilan shpinel’, tarkibida Al 2 O 3 , MgO, FeO xamda Al 2 O 3 , MgO yoki FeO bo‘lgan silikatli eritmadan B 2 O 3 ishtirokida olinadi. Shpinel’ pnevmatolit va gidrotermal sharoitlarda oxaktoshlar bilan kontaktda hosil bo‘ladigan tipik kontakt – metasomatik mahsulotdir. Oz miqdorda magmaning kristallanishidan yuzaga keladigan mahsulot sifatida magmatik tog‘ jinslarda, ba’zan metamorfik tog‘ jinslarda ham uchraydi. Shpinel’ bilan bir assotsiyasiyada magnetit, xondrodit, vezuvian, piroksenlar, granatlar, xloritlar va boshqalar uchraydi. Nurash jarayonida barqaror bo‘lganligi uchun sochilma konlarda ham uchraydi. O‘zbekistonda Qalmoqir, Angren, Langar, Sulton Uizdog‘, Konsoy va boshqa joylarda topilgan. Dunyodagi yirik konlarisseylon, Amerika Qo‘shma shtatlari, Birma, Tailand, Afg‘onistonda topilgan. Shaffof chiroyli asl shpinellar zargarlikda qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling