Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
 


152 
Xrizoberill – BeAl
2
O
4
  
Mineral nomi grekcha «xrizos» - oltin, «berilos» - berill so‘zlaridan kelib 
chiqqan. Kimyoviy tarkibi: Be – 7,1%; Al – 42,5%; O – 50,41%. Aralashma 
sifatida Fe
2
O
3
, TiO
2
, Cr
2
O
3
bo‘lishi mumkin. Xrom aralashgan xili aleksandrit 
deyiladi. Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombodipiramidal – 3L
2
3PC. 
Fazoviy gruppasi: a
0
=5,47; b
0
=9,39; c
0
=4,24; a
0
:b
0
:c
0
=0,583:1:0,471.
Xrizoberill kristallari granitlar va slyudali slanetslarda hamda druza shaklida 
bo‘shliqlarda uchraydi. Kristallari qalin tabletkasimon bo‘lib, ba’zan qisqa 
prizmatik qiyofaga ega. Qo‘shaloq kristallari ham uchraydi.
Xrizoberilni rangi yashilroq sariq, ba’zan rangsiz. Xromli xili aleksandrit 
zumrad yashil bo‘lib, elektr nurida binafsha-qizil. Yaltirashi shishasimon. Ulanish 
tekisligi (110) bo‘yicha mukammal, (010) va (001) bo‘yicha mukammal emas. 
Sinishi chig‘anoqsimon. Qattiqligi 8,5. Solishtirma og‘irligi 3,5-3,84. Optik 
xususiyatlari: ikki bo‘yoqli, musbat; Ng=1,753; Nm=1,747; Np=1,744; Ng-
Np=0,009. Mikroskop ostida o‘tgan yorug‘lik nurida rangsiz yoki kuchsiz sarg‘ish, 
yashil, qizg‘ish tuslarda bo‘ladi. Aleksandrit uchun pleoxroizm xarakterli bo‘lib, 
Ng – qizil, Nm – qo‘ng‘ir, Np – yashil bo‘ladi.
Xrizoberill uchun diagnostik belgi bo‘lib kristallar qiyofasi va Yuqori 
darajadagi qattiqligi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,34; 
2,08; 1,61. Kislotalarda erimaydi. Faqat KON va KHSO
4
kukuni bilan 
qo‘shilganda parchalanadi. Dahandam alangasida erimaydi.
Xrizoberill pegmatit tomirlarda va kontakt pnevmatolit mahsulotlarda berill, 
fenakit, flyuorit, apatit va boshqa minerallar bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. 
Konlari Braziliyada (Minas-Jerays),sseylonda, Madagaskarda, Uralda, Amerikada 
(Golden yaqinida) ma’lum. O‘zbekistonda xrizoberill kam uchraydigan minerallar 
qatoriga kirib, Chotqol tog‘larida aksessor mineral sifatida kuzatilgan.
Yerni yuza qismida barqaror bo‘lib, sochilma konlarga o‘tadi.
Aleksandrit chiroyli rangga ega bo‘lganligi uchun zargarlikda qimmatbaho 
tosh sifatida ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling