Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
154 Brukit – TiO 2 Nomi angliyalik mineralog Genri DjeymsBruk (1771-1857) sharafiga Shunday nom bilan atalgan. Kimyoviy tarkibi: Ti – 60%; O – 40%. Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombodipiramidal – 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =5,436; b 0 =9,16; c 0 =5,14; a 0 :b 0 :c 0 =0,5931:1:0,5602. Brukit uchun tomonlarida vertikal chiziqlari bo‘lgan, qo‘shaloq qiyofa xarakterlidir. Brukit asosli kristallar tarzida uchraydi. Brukitni rangi sarg‘ish yoki qizg‘ish qo‘ng‘irdan qoragacha bo‘ladi. Chizig‘i rangsizdan tortib, kulrang yoki qo‘ng‘ir sariq ranglargacha bo‘ladi. Yaltirashi olmossimon. Yupqa qavati shaffof. Sinishi chig‘anoqsimondan tekisgacha. Qattiqligi 5-6. Solishtirma og‘irligi 3,9-4. ulanish tekisligi mukammal emas. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, musbat; Ng=2,74; Nm=2,586; Np=2,583; Ng-Np=0,158. Mikroskop ostida o‘tgan yorug‘lik nurida brukit sarg‘ish jigarrangdan qoramtir jigarrangacha. Brukitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib tabletkasimon kristallarini qiyofasi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,22; 2,45; 1,681. Dahandam alangasida erimaydi va o‘zgarmaydi. Kislotalarda erimaydi. 700°C dan yuqori temperaturada qizdirganda brukit rutilga aylanadi. Brukit asosan intruziv tog‘ jinslarda va kristallangan slanetslarda uchraydi. Pegmatit tomirlarga kirib pnevmatolit jarayonlarda ham uchraydi. Gidrotermal va sochilma konlari ko‘proq amaliy ahamiyatga ega. Yerning yuza qismida barqaror bo‘lib sochilma konlarga o‘tadi. Konlari Qozog‘istonda, Amerikada, Uralda, Shveysariyada, Braziliyada ma’lum. Brukit O‘zbekistonda juda kam uchraydigan minerallar qatoriga kirib Chotqol-Qurama tog‘larida kuzatilgan va kam o‘rganilgan. Amaliy ahamiyati rutilniki kabi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling