Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
153 Rutil – TiO 2 Nomi lotincha rutilyus – qizg‘ish degan so‘zdan kelib chiqqan. Kimyoviy tarkibi: Ti – 60%, O – 40%. Aralashma sifatida Nb, Ta, Fe ba’zan Cr va V bo‘lishi mumkin. Rutilni tarkibida 11% Fe bo‘lgan xili nigrin deyiladi. Singoniyasi tetragonal, simmetriya ko‘rinishi ditetragonal – dipiramidal - L 4 4L 2 5PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =4,58; c 0 =2,95; a 0 :c 0 =1:0,644. Rutil kristallarining qiyofasi prizmatik, ustunsimondan ignasimongacha. Tirsaksimon qo‘shaloq kristallari ko‘p uchraydi. Ignasimon rutilning to‘rga o‘xshab o‘sgan qo‘shaloq kristallari sagenit deb ataladi. Rutilni rangi to‘q sariq, qo‘ng‘ir, qizil, qora. Chizig‘i rangsizdan qo‘ng‘ir sariqqacha. Yaltirashi olmosdan metallgacha. Sinishi chig‘anoqsimondan tekisgacha. Qattiqligi 6. Solishtirma og‘irligi 4,2 – 4,3. Ulanish tekisligi (110) bo‘yicha mukammal. Optik xususiyatlari: bir o‘qli musbat Ng – 2,903 Nm – 2,616 Ng – Nm = 0,287. Mikroskop ostida o‘tgan yorug‘lik nurida rutil qizil yoki qo‘ng‘ir – qizil. Rutilni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib kristallarini qiyofasi, tirsaksimon qo‘shaloq kristallari xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,242; 2,488; 1,689. Dahandam alangasida erimaydi va o‘zgarmaydi. Kislotalarda erimaydi. Rutil asosan postmagmatik mineral hisoblanadi. U intruziv tog‘ jinslarda, kristallangan slanetslarda, gidrotermal rudali tomirlarda uchraydi. Cho‘kindi tog‘ jinslarida rutil sochilma mineral sifatida ma’lum. Yirik konlari Amerikada (shimoliy Karolina koni), Shveysariyada (Al’p tomirlari), Markaziy Qozog‘istonda (Semiz - bug‘u), Uralda (Miass yaqinida) ma’lum. O‘zbekistonda rutil ko‘p tarqalgan minerallardan biri hisoblanadi. U Chotqol, Qurama tog‘larida, Hisorda, Markaziy Qizilqumda va boshqa joylarda uchragan. Po‘latni chidamli ba’zi bir xillarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan ferrotitan eritishda, keramikada - qo‘ng‘ir buyoq sifatida, radiotexnikada – detektor sifatida,titan belilasi tayyorlashda va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling