Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Kriolit – 3NaF ·AlF
3 Nomi grekcha “krios“ – muz, “litos” – tosh degan ma’noni bildiradi (yaltirashi va sindirish ko‘rsatkichlari jihatidan kriolit muzga o‘xshash). Kimyoviy tarkibi: Al – 12,8%; Na – 32,8%; F – 54,4%. Ba’zan aralashma sifatida temir ishtirok etadi. Singoniyasi – monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L 2 PC. Fazoviy panjarasi: a 0 =5,46; b 0 =5,61; c 0 =7,8; a 0 :b 0 :c 0 = 0,973:1:1,39; β=90°11´. Kristallarining qiyofasi (001) va (010) yonlari taraqqiy etgan paytlarda kubsimon bo‘ladi. (110) bo‘yicha qo‘shaloq kristallari uchraydi. Odatda plastinkasimon agregatlar va yaxlit massalar xolida uchraydi. Kriolitning rangi oq, qizil, qo‘ng‘ir, ba’zan qora bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi deyarli yo‘q. Qattiqligi 2-3. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 2,95-3,01. Optik hususiyatlari: ikki o‘qli, musbat; Ng=1,34; 2v= 43°. Diagnostik belgilari. Kriolit uchun kristallarining o‘ziga xos shakli va shishaga o‘xshab yaltirashi xarakterlidir. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,75; 2,33; 1,939. Kuchli H 2 SO 4 da eriydi. Dahandam alangasida oson erib (hatto sham alangasida ham), alangaga qizg‘ish – sariq rang kiritadi va soviganda oq emalga aylanib qoladigan shaffof sharcha hosil qiladi. Ko‘mir ustida uzoq vaqt qizdirilganda glinozemdan iborat qobiq qoladi. Bu kobal’t nitrat Co(NO 3 ) 2 tuzi 143 eritmasi ta’sirida ko‘k rangga bo‘yaladi. Shisha naychada ftor uchun reaksiya beradi. Laboratoriya sharoitlarida kriolitni NaF va AlF 3 ni eritish yo‘li bilan, hamda AlF 3 ni suvli eritmasiga NaF yoki NaCl qo‘shish yo‘li bilan olinadi. Kriolit kam uchraydigan mineral. U pnevmatolit yo‘li bilan pegmatitlarda hosil bo‘ladi, hamda qaynoq eritmalardan cho‘kib kvars, siderit, vol’framit, kassiterit va har xil sul’fidlar (galenit, sfalerit, pirit va boshqalar) bilan birga uchraydi. Yirik sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan konlari – G‘arbiy Grenlandiyada – Iviggut va Janubiy Uralda Ilmen tog‘larida al’bit granitlarida yuzaga kelgan. Kriolit oksidlanish zonasida osonlikcha parchalanib, xnolit, kriolitionit va boshqa ikkilamchi minerallarga aylanadi. Kriolit odatda sun’iy yo‘l bilan olinib, alyuminiy eritishda, oq oyna tayyorlashda, temir idishlarni bo‘yaydigan emal’ olishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling