Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Sil’vin – KSl
Nomi gollandiyalik vrach va ximik Sil’viy sharafiga Shunday nom bilan atalgan. Kimyoviy tarkibi: K = 52,45%; Cl = 47,55%. Singoniyasi kubik. Simmetriya ko‘rinishi geksa-oktaedrik – 3L 4 4L 3 6L 2 9PC. Fazoviy gruppasi a0=6,28. Kristall strukturasi galit strukturasi kabi. Sil’vin ko‘pincha boshqa tuzli yotqiziqlar bilan birga donador yaxlit massalar xolida uchraydi. Juda oz miqdorda druzalar va aloxida kristallar tarzida uchraydi. Sil’vinning toza xillari suvdek shaffof va rangsiz. Aralashmalar hisobiga oq, qizg‘ish va pushti bo‘lishi mumkin. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi {100} bo‘yicha o‘ta mukammal. Qattiqligi 1,5 – 2. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 1,97 – 1,99. Optik konstantalari: izotrop, N=1,490. Issiqlikni yaxshi o‘tkazadi. Uning mazasi o‘tkir, ba’zan achchiqroq sho‘rdir. Suvda oson eriydi. U gigroskopik (havodagi namlikni o‘ziga tortadi). Daxandam alangasida oson eriydi va alangaga binafsha rang beradi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,225; 1,403; 1,045. O‘ziga o‘xshash galitdan mazasi bilan farq qiladi. Xuddi galit kabi suvli eritmalardan (dengiz va ko‘llarda) kimyoviy cho‘kindi sifatida hosil bo‘ladi. Tuzli yotqiziqlarda sil’vin bilan birga galit, karnallit va boshqa minerallar uchraydi. Sil’vinning konlari Permda (Solikamsk), Fransiyada (El’zas koni), Ukrainada, G‘arbiy Qozog‘istonda, Kaliforniyada ma’lum. O‘zbekistonda sil’vin Oqbosh, Tyubegatan, Qovurdoq, Karlyuk va boshqa konlarda topilgan. Sil’vining yirik uyumlari O‘rta Osiyoning janubida Yuqori yura davri yotqiziqlariga to‘g‘ri keladi. 139 Sil’vin sun’iy kaliyli o‘g‘itlar olishda xom ashyo hisoblanadi. Ximiya sanoatida sil’vindan meditsinada, parfyumeriyada, fotografiyada va boshqa sohalarda ishlatiladagan kimyoviy preparatlar olishda foydalaniladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling