Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Arsenopirit - FeAsS
Kimyoviy tarkibini piritga yaqinligi va tarkibida margimush borligi uchun Shunday nom qo‘yilgan. Sinonimii – margimush kolchedani. Kimyoviy tarkibi: Fe-34,3%; As-46,0%; S-19,7%. Aralashma sifatida kobal’t, nikel’ va sur’ma uchraydi. Xillari: tarkibida 3 dan 9% gacha kobal’t bo‘lgan xili danait, kobal’tni miqdori oshganda (27% gacha) glaukodotga (Co, Fe) AsS aylanadi. Ko‘pgina konlarda arsenopiritda mayin dispers oltin uchrab uni miqdori 0,07% yoki tonnaga 700 grammgacha etadi. Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L 2 PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =9,53; b 0 =5,66; c 0 =6,43; β=90° a 0 :b 0 c 0 =1,684:1:1,136 133 Arsenopirit yaxlit va donador agregatlar hosil qiladi, hamda tog‘ jinslarida hol-hol donalar va druzalar shaklida uchraydi. Uning kristallari odatda prizmatik qiyofaga ega. Arsenopiritni qo‘shaloq kristallari ham uchraydi. Rangi qalaydek oq va po‘latdek kul rang. Chizig‘ini rangi kulrang qora. Yaltirashi metallsimon. Ulanish tekisligi (101) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 5,5- 6. Solishtirma og‘irligi 5,9-6,2. Elektrni o‘tkazadi. Mikroskop ostida silliqlangan shliflarda arsenopirit kuchli anizotrop xususiyatiga ega. Qaytarish ko‘rsatkichi yuqori – 55%. Arsenopiritni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib qalaydek oq rangi va katta bo‘lgan qattiqligi hisoblanadi. Bolg‘a bilan urganda sarimsoq kabi hid chiqaradi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,662; 2,443; 1,817. HNO 3 da erib S va As 2 O 3 ajralib chiqadi. Dahandam alangasida qaytaruvchi alanga ta’sirida sarimsoq hidini chiqarib eriydi va sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangli magnit tortadigan sharcha hosil qiladi. Yopiq naychada margimush sul’fidining qizil gardi, undan keyin oltingugurtli margimushdan iborat qora rangli metall xalqa hosil qiladi. Arsenopirit eng ko‘p tarqalgan rudali minerallardan biri bo‘lib, asosan gidrotermal jarayonlarda hosil bo‘ladi va u bilan bir assotsiatsiyada vol’framit, kassiterit, xal’kopirit, sfalerit, galenit va kumush minerallari uchraydi. Kontakt metasomatik konlarda arsenopirit skarnlardan keyin hosil bo‘ladi. Yirik arsenopirit konlari Shvetsiyada (Boliden), Meksikada, Uralda (Kachkar, Djetigarinsk), Sharqiy Sibirda (Darasunsk, Zapokrovsk), Ukrainada (Zakarpat’e) ma’lum. Yaxshi kristallangan yirik kristallari Avstriyada (Mitterberg), Norvegiyada (Sulitel’m), Angliyada (Devonshir) va qo‘shaloq kristallari Amerikada (Tres-Germanes) ma’lum. Nurash zonasida arsenopirit barqaror bo‘lmay, ancha osonlik bilan parchalanib, margimush birikmalariga ko‘proq skoroditga aylanadi. Arsenopirit O‘zbekistonda eng ko‘p uchraydigan rudali minerallar qatoriga kirib, alohida konlari ham ma’lum. Arsenopirit margimush olinadigan asosiy ruda hisoblanadi. 134 Margimush har xil birikmalar tarzida harbiy sohada, sanoatning har xil sohalarida va qishloq xo‘jaligida zararkunandalarga qarshi kurashda ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling