Kristallografiya va mineralogiya


-rasm. Pirit.  18.10-rasm


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

18.9-rasm. Pirit. 
18.10-rasm. Slanetsda o‘sgan pirit kristallari 


128 
Pirit yer qobig‘ida eng ko‘p tarqalgan sul’fid bo‘lib xilma-xil geologik 
sharoitlarda yuzaga keladi. U intruziv tog‘ jinslarda aksessor mineral sifatida, 
kontakt- metasomatik mahsulotlarda, gidrotermal tomirlarda va cho‘kindi tog‘ jinsi 
mahsulotlarida uchraydi. Piritning eng ko‘p uchraydigan joyi gidrotermal va 
cho‘kindi konlardir.
Gidrotermal konlarda pirit bilan juda ko‘p sul’fidlar, galenit, sfalerit
xal’kopirit hamda barit, kvars (18.11-rasm) va boshqa minerallar birga uchraydi. 
Bunga misol qilib janubiy O‘zbekistondagi va Chotqol-Qurama tog‘laridagi 
konlarni ko‘rsatishimiz mumkin. Gidrotermal tomirlardagi pirit bilan ko‘pincha 
oltin birgalikda keladi.
Pirit bilan markazit konkretsiyalari cho‘kindi ruda va jinslar orasida, 
qumtosh-gil qatlamlarida, ko‘mir, temir, marganets, boksit va boshqa ruda 
konlarida ko‘p topiladi. Oksidlanish zonasida pirit boshqa sul’fidlar kabi barqaror 
bo‘lmasdan, oksidlanib avval temir ikki oksid sul’fatiga, so‘ngra etarli ozod 
kislorod mavjud bo‘lganda temir uch oksid sul’fatiga aylanadi. Keyin u 
gidrolizlanib suvda erimaydigan temir gidrooksidi (limonit)ga va eritmaga o‘tib 
ketadigan sul’fat kislotaga ajraladi.
18.11-rasm. Kvarsda pirit kristallari 


129 
Pirit rudalari sul’fat kislota olish uchun foydalaniladigan asosiy xom 
ashyolardan biri hisoblanadi. Bu maqsad uchun qo‘llaniladigan rudalar tarkibidagi 
oltingugurtning o‘rtacha miqdori 35-50% atrofida bo‘ladi. Sul’fat kislotasi ishlab 
chiqariladigan rudalar tarkibida bo‘ladigan zararli aralashma-margimushdir. 
Markazit – FeS
2
.
Mineral nomi qadimiy arab so‘zidan olingan bo‘lib, shu nom bilan pirit va 
markazit ifoda etilgan.
Kimyoviy tarkibi: Fe–46,6%; S–53,4%. Aralashmalar sifatida juda oz 
miqdorda As, Sb, Tl va boshqalar bo‘lishi mumkin. Singoniyasi rombik, 
simmetriya ko‘rinishi rombodipiramidal – 3L
2
3PC. Fazoviy gruppasi: a
0
= 4,445; 
b
0
= 5,425; c
0
= 3,388; a
0
: b
0
: c
0
= 0,8194: 1:0,6245.
Kristallarining qiyofasi taxtachasimon (18.12-rasm), kalta ustunsimon, 
nayzasimon bo‘ladi. Qo‘shaloq kristallari murakkab bo‘lib, tez – tez uchrab turadi. 
Ba’zan taroqqa o‘xshab o‘sgan shakllarda bo‘lishi xarakterlidir. Konkretsiyalar 
(18.13-rasm), Shuningdek tomma, shingilsimon, buyraksimon, po‘stloqqa 
o‘xshash va noto‘g‘ri shakllar ko‘rinishida bo‘lganlari ham uchraydi. Organik 
qoldiqlar o‘rnida paydo bo‘lgan psevdomorfozalari ko‘p uchraydi.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling