Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Pirit – FeS
2 Grekcha «piros» - o‘t (olov) degan ma’noni bildiradi. Bu nom piritning urganda uchqun chiqarishi va o‘tkir yaltirashi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Kimyoviy tarkibi: Fe=46,6%, S=53,4%. Aralashma sifatida Co, Ni, Cu ba’zan Au va Ag ishtirok etadi. Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi didodekaedrik – 4L 3 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi a 0 =5,4176. Pirit ko‘pincha yirik yaxlit donador uyumlar (18.9-rasm), yumaloq, buyraksimon, konsentrik-nursimon agregatlar holida, hamda har xil tog‘ jinslari va minerallarda xol-xol donalar holida uchraydi (18.10-rasm). Kristallari kubik, pentagon-dodekaedrik, oktaedrik qiyofaga ega bo‘ladi. Ko‘pincha kub bilan pentagon-dodekaedrni kombinatsiyasi uchraydi. Kub kristallarining tomonlarida ko‘pincha parallel chiziqlar bo‘lishi xarakterlidir. Pirit kristallarining o‘lchamlari ko‘pincha bir necha santimetrgacha etadi. Uning xilma-xil shakllari orasida eng ko‘p tarqalganlari quyidagilardan iborat {100}, {210}, hamda {111}, {321}, {110}. Ayrim paytlarda {110} bo‘yicha qo‘shaloq kristallari uchraydi. Rangi yaltiroq sariq, qo‘pincha jez-sariq, qo‘ng‘ir va ola-bula bo‘lib tovlanadi. Mayin dispers xili qora rangli bo‘ladi. Chizig‘ini rangi qo‘ng‘irroq yoki yashilroq qora. Yaltirashi metallsimon, ayniqsa tomonlarida juda kuchli. Ulanish tekisligi {100} va {111} bo‘yicha o‘ta mukammal emas. Qattiqligi 6-6,5. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 4,9-5,2. U elektrni yaxshi o‘tkazmaydi, termoelektrlanish, ba’zi xillari esa detektorlik xususiyatiga ega. Qaytarish ko‘rsatkichi juda yuqori – 53%. 127 Piritni rangi, kristallar qiyofasi, tomonlaridagi chiziqlari va Yuqori qattiqlik kabi xususiyatlariga qarab boshqa minerallardan ancha oson ajratish mumkin. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,696; 1,629; 1,040. HCl da erimaydi. HNO 3 da kukun holida eriydi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling