Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Vismutin - Bi
2 S 3 Nomi tarkibidagi vismutga qarab qo‘yilgan. Sinonimi: bismutinit, vismut yaltirog‘i. Kimyoviy tarkibi: Bi – 81,3%, S – 18,7%. Aralashma sifatida Pb, Sb, Fe, As bo‘lishi mumkin. Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombo- dipiramidal – 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =11,15; b 0 =11,29; c 0 =3,98. a 0 :b 0 :c 0 =0,9874:1:0,3523. Vismutin uchun yaxlit donasimon ba’zan nursimon uyumlar va cho‘ziq kristallar xarakterlidir. Vismutinni rangi qo‘rg‘oshindek kulrangdan qalaydek oqqacha. Ko‘pincha sarg‘ish yoki ola-bula bo‘ladi. Chizig‘ini rangi qo‘rg‘oshindek kulrang. Yaltirashi kuchli metallsimon. Shaffof emas. Ulanish tekisligi (010) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 2-2,5. Egiluvchan. Solishtirma og‘irligi 6,4-6,8. Elektr tokini o‘tkazmaydi. Mikroskop ostida silliqlangan shliflarda kuchli anizotrop va kuchsiz pleoxroik xususiyatga ega. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi kuchli – 40%. Vismutinni aniqlashda xarakterli belgi bo‘lib tashqi qismini ola-bula bo‘lib tovlanishi, ulanish tekisligini o‘ta mukammalligi, kichik qattiqligi va solishtirma og‘irligi Yuqoriligi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,50; 3,08; 2,79. HNO 3 da oson eriydi. Suv solingan eritmada oq cho‘kindi hosil qiladi. Dahandam alangasida ko‘mir ustida oson eriydi, qaynaydi va sochilib ketadi. 123 Qaytarish alangasida ko‘mir ustida limon rang sariq vismut oksidi gardlari qoldirib, sof tug‘ma vismut sharchalari hosil qiladi. Vismutin konlari gidrotermal jarayonlar bilan bog‘liq. Vismutin bilan bir assotsiatsiyada kassiterit, vol’framit va sul’fidlar uchraydi. Vismutinni dunyodagi eng yirik konlari Boliviyada (Tasna, Chorolk) va Peruda ma’lum. Birlashgan Hamkorlik davlatlari orasida konlari Zakavkaz’eda va Uralda ma’lum. O‘zbekistonda Vismutin asosan Chotqol-Qurama tog‘larida (Ustarasoy, Burchmulla) Sharqiy Qoramozor konlarida (Adrasman, Juzum), biroz Zirabuloq – Nurota tog‘larini g‘arbida (Ingichka, Langar, Choshtepa, Oqqo‘rg‘on va boshqalar) va Hisor tog‘larini janubida uchraydi. Oksidlanish zonasida vismutin barqaror bo‘lmay, vismutni kislorodli birikmalariga aylanadi. Vismutin vismutni asosiy rudasi hisoblanadi. Vismutni rudalari oson eriydigan qotishmalar olishda, nurni ikkilanib sindirish darajasi Yuqori bo‘lgan shishalar ishlab chiqarishda, kimyoviy preparatlarda, meditsinada va boshqa sohalarda ishlatiladi Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling