Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Real’gar – AsS
Nomi arabcha ray – al’gar – g‘or yoki rudali porox degan ma’noni bildiradi. Sinonimi: oltingugurtli margimush. Kimyoviy tarkibi: As=70,1%; S=29,9%. Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi rombo-prizmatik – L 2 PC. Fazoviy gruppasi: a 0 = 9,29; b 0 = 13,53; c0=6,57; β= 106°33’; a 0 :b 0 :c 0 = 0,6878: 1:0,4858. Real’gar donador uyumlar, gard, po‘st va tuproqqa o‘xshash sochiluvchan massalar holida uchraydi. Ba’zan kristallari ham uchraydi. Rangi sarg‘ish-qizil, ba’zan to‘q qizil, chizig‘ini rangi och sarg‘ish-qizil. Real’garning kristall yonlari olmosdek, yangi singan joylari esa smola yoki yog‘langandek yaltiraydi. Yarim 119 shaffof. Ulanish tekisligi {010} bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 1,5-2. solishtirma og‘irligi 3,4-3,6. Elektr tokini o‘tkazmaydi. Optik konstantalari: ikki o‘qli, manfiy, 2V=40°. Sindirish ko‘rsatkichlari Ng=2,61; Nm=2,59; Np=2,46. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi juda kichik bo‘lib, 10% atrofida. Real’garni aniqlash uchun diagnostik belgi bo‘lib, uning sarg‘ish-qizil rangi, kichik qattiqligi, tomonlaridagi chiziqlari va auripigment bilan bir paragenezisda uchrashi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,166; 2,931; 2,717. Dahandam alangasida oson eriydi va sarimsoqqa o‘xshash hid beradi. Real’gar gidrotermal konlarda auripigment bilan birgalikda uchraydi (18.5- rasm). Real’garni yaxshi qirralangan kristallari g‘arbiy Gruziyada (Luxumsk koni), Amerikaning Nevada va Yuta shtatlarida (Merkur va Getchel konlari) topilgan. O‘zbekistonda real’gar Chotqol-Qurama tog‘larida (Oltintopgan, Ustarasoy) topilgan. Real’gar auripigment bilan birgalikda juda oz miqdorda konlar hosil qiladi. Konlari AsO 3 olish uchun xom-ashyo sifatida amaliy ahamiyatga ega. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling