Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Bornit – Cu
5
FeS
4
Avstriyalik mineralog I.Born (1742-1791 y.) sharafiga Shunday nom bilan 
atalgan. Sinonimi ola mis rudasi. Kimyoviy tarkibi: Cu – 63,31%; Fe – 11,13%; S 
– 25,56%. Aralashma sifatida Ag bo‘lishi mumkin. Singoniyasi kubik, simmetriya 
ko‘rinishi geksaoktaedrik – 3L
4
4L
3
6L
2
9PC. Fazoviy gruppasi: a
0
=21,94; b
0
=21,94; 
c
0
=10,97; a
0
:b
0
:c
0
=1:1:0,5.
Bornit yaxlit massalar va xol-xol donalar holida uchraydi. Kristallari juda 
kam bo‘lib, kubik, dodokaedrik yoki oktaedrik qiyofaga ega.
Bornitni rangi yangi singan joylarida qoramtir mis qizil. Havoda tez o‘zgarib 
xush rang zangori ola-bula tovlanadigan bo‘lib qoladi. Chizig‘ining rangi kulrang 
qora, yaltirashi yarim metallsimon. Shaffof emas. Ulanish tekisligi yo‘q. Sinishi 
mayda chig‘anoqsimon, tekismas. Mo‘rt. Elektr tokini o‘tkazadi. Qattiqligi 3. 
Solishtirma og‘irligi 4,9- 5,2. Mikroskop ostida pushti jigarrang. Nurni qaytarish 
ko‘rsatkichi 21%.
Bornitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib xushrang zangori tovlanishi va 
kichik qattiqligi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi chiziqlari: 3,30; 3,16; 1,92. 
HNO
3
da eriydi va oltingugurt ajralib chiqadi. Dahandam alangasida ko‘mir ustida 
qaytarilish alangasida eriyda va mo‘rt magnit sharchasi hosil qiladi.
Bornit asosan ekzogen jarayonlarda yuzaga kelib ikkilamchi sul’fid konlarini 
boyitish zonasida uchraydi. U ikkilamchi sul’fidlar orasida eng avval hosil 
bo‘ladigan minerallar qatoriga kiradi.
Endogen bornit ekzogen bornitga nisbatan ancha kam uchraydi. Ular 
gidrotermal konlarda xal’kopirit, xal’kozin, sfalerit, pirit va boshqa minerallar 
bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. Bornitni konlari Amerikada (B’yutt, Bisbi), 
Chilida (Braden), Qozog‘istonda (Jezqozg‘on, Uspenskoe), Uralda ma’lum. 
O‘zbekistonda bornit ko‘pgina mis konlarida uchraydi. Bornitni yirik uyumlari mis 
– oltinli skarn konida (Bozimchoq), qo‘rg‘oshin – rux – kumush konida 


116 
(Lashkerek), kvars-mis-oltinli konda (Hisor, Dandonchokan) topilgan. Bornit 
oksidlanish zonasida misni boshqa sul’fidlariga nisbatan barqaror bo‘lmay, misga 
boy bo‘lgan xal’kozin va kovelinga aylanadi. Bornit asosiy mis rudalaridan biridir. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling