Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Pirrotin Fe
1
-nS (n= 0,1 – 0,2)  
Nomi grekcha piros – olov rang so‘zidan kelib chiqqan. Sinonimi magnit 
kol’chedani. Kimyoviy tarkibi: Fe - 63,53%; S – 36,47%, tarkibi bo‘yicha FeS ga 
to‘g‘ri keladi. Analizlarni ko‘rsatishicha oltingugurt miqdori 39 – 40% ga etishi 
mumkin. Aralashma sifatida Cu, Ni, Co bo‘lishi mumkin.
Singoniyasi geksagonal. Simmetriya ko‘rinishi digeksagonal – dipiramidal. 
L
6
6L
2
7PC. Fazoviy gruppasi: a
0
=3,43; c
0
= 5,68; a
0
:c
0
= 1:1,66. Pirrotinning kristall 
strukturasi nikelin tipidagi geksagonal struktura bilan xarakterlanadi.
Pirrotin odatda yaxlit massa yoki noto‘g‘ri shaklli xol – xol donalar holida 
uchraydi. Ayrim xollarda radial nursimon agregatlari ham uchraydi. Pirrotin 
kristallari juda kam uchraydi. Odatda ular taxtachasimon, ba’zan ustunsimon va 
piramidal qiyofaga ega. Kristallarida odatda tomonlar pinakoid (0001), prizma 


111 
(1010), dipiramida (1011), bo‘yicha rivojlangan. Ba’zan (1011) bo‘yicha qo‘shaloq 
kristallari ham uchraydi.
Pirrotinning rangi qo‘ng‘ir tovlanuvchi bronzasimon sariq. Chizig‘ining 
rangi kulrang – qora. Yaltirashi metallsimon. Shaffof emas. Ulanish tekisligi 
mukammal. Mo‘rt. Qattiqligi 3,5 – 4,5. Solishtirma og‘irligi 4,58 – 4,70. Elektrni 
yaxshi o‘tkazadi. Magnitlik hususiyati bor. Tarkibida temir ko‘payishi bilan 
magnitlik hususiyati ortib boradi. Mikroskopda silliqlangan shliflarda kuchli 
anizatroplik va kuchsiz pleoxroizm hususiyatiga ega. Qaytarish ko‘rsatkichi yuqori 
(40% atrofida).
Pirrotin ajratish uchun xarakterli belgi bo‘lib magnitlik hususiyati va rangi 
hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,63; 2,062; 1,045. Daxandam 
alangasida erib, magnit tortadigan qora massaga aylanadi.
Pirrotinni hosil bo‘lishi asosan endogen jarayonlar bilan bog‘liq. Ekzogen 
jarayonlarda juda kam yuzaga kelib, asosan cho‘kindi temir rudali konlarda va 
fosforitlarda 
uchraydi. 
Magmatik 
tipdagi 
aksessor 
pirrotin 
G‘arbiy 
O‘zbekistondagi (Tosqozg‘on, Sultonuizdog‘, Tomdi), Qurama tog‘laridagi 
(Oqtepa) gabbroidli tog‘ jinslarida uchraydi. G‘arbiy O‘zbekistondagi kontakt 
metasomatik konlarda (skarn – sheelitli) pirrotin eng ko‘p tarqalgan sul’fidlardan 
hisoblanadi (Langar, Qo‘ytosh, Ugat, Chuyun, Choshtepa, Ingichka, Yaxton va 
boshqalar).
Janubiy O‘zbekistondagi konlarda pirrotin kontakt - metasomatik 
jarayonlarda (Chosh, Chormogol) va gidrotermal konlarda (Kul’dara, Xandiza) 
uchraydi. Yer yuzida pirrotin barqaror bo‘lmay parchalanadi.
Tarkibida boshqa metall foydali qazilmalari bo‘lmagan pirrotin rudalaridan faqat 
sul’fat kislota olishda foydalanish mumkin. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling