Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Stannin – Cu
2
 Fe Sn S
4
  
Nomi lotincha stannum – qalay so‘zidan kelib chiqqan. Sinonimi qalay 
kolchedani. Kimyoviy tarkibi Cu-29,56%, Fe-13,00%, Sn-27,61%, S-29,83%. 
Aralashma sifatida Zn, Sb, Cd, Pd, va kumush bo‘lishi mumkin. Singoniyasi 
tetragonal, simmetriya ko‘rinishi tetragonal-skalenoedrik – L
2
2L
2
2P. Fazoviy 
gruppasi: a
0
=5,47, c
0
=10,747; a
0
:c
0
=1:1,964.
Odatda stannin noto‘g‘ri shaklli donalar va donador massalar holida 
uchraydi. Stannin kristallari juda kam uchrab, ular kubik yoki tetraedrik 
ko‘rinishga ega.
Stanninni rangi po‘latdek kulrang bo‘lib, o‘ziga xos yashil tovlanadi. 
Chizig‘i qora. Shaffof emas. Ulanish tekisligi (110) va (001) bo‘yicha mukammal 
emas. Tekis sinmaydi. Mo‘rt. Qattiqligi 3-4. Solishtirma og‘irligi 4,3-4,5. Elektr 
tokini yaxshi o‘tkazadi. Mikroskop ostida plastinkasimon va polisintetik 
qo‘shaloqligi ko‘rinadi. Anizotrop. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi – 24%.
Stanninni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib po‘latdek kulrang bo‘lib, o‘ziga 
xos yashil tovlanishi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,12; 
1,911; 1,634. NNO
3
da eriydi va S, SnO
2
ajralib chiqadi. Dahandam alangasida 
ko‘mir ustida eriydi va gardlar hosil qiladi. Yopiq trubkada yorilib ketadi.
Stannin kam uchraydigan mineral bo‘lib, qalayli gidrotermal konlarda 
kassiterit, vol’framit, sfalerit, xal’kopirit, pirrotin, galenit bilan bir assotsiatsiyada 
uchraydi.
Qalay konlarida stannin juda ko‘p bo‘lmagan miqdorda Boliviyada (Potuso 
va Oruro konlari), Tasmaniyada (Sixan), Sharqiy Zabaykal’eda (Xapcheranga va 
Bukuka konlari) topilgan.
O‘zbekistonda stannin juda kam uchraydigan mineral sifatida Chotqol va 
Qurama tog‘larida (Naugarzansoy, Lashkerek, Sarimsoqli, Sargardon), hamda 
G‘arbiy O‘zbekistonda (Qizqo‘rg‘on) topilgan.


115 
Yerning ustki qismida stannin barqaror bo‘lmay osonlik bilan qo‘ng‘ir 
temirtoshlar va kassiteritga aylanadi.
Stannin kassiterit bilan birgalikda qalay rudasi olish uchun xizmat qiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling