Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Tetraedrit Cu
12 Sb 4 S 13 Tetraedritni nomi kristallarini tetraedrik formaga ega bo‘lishiga qarab quyilgan, tennantitni nomi Angliyalik ximik S.Tennant nomiga qo‘yilgan. Kimyoviy tarkibi: tetraedrit – Cu – 45,77%, Sb – 29,22%, S – 25,01%, tennantit Cu – 51,57%, As – 20,26%, S – 28,17%. Aynama rudalarning quyidagi xillari ma’lum: Freybergit – kumushga boy tetraedrit, zandbergit – ruxga boy tennantit yoki tetraedrit, ferrotetraedrit – tarkibida temir 13,08% gacha. Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi geksatetraedrik – 3L 2 4L 3 6P. Fazoviy gruppasi: a0=10,19 (tennantit uchun), a0=10,33 (tetraedrit uchun). Ko‘pgina hollarda aynama rudalar yaxlit massalar holida yoki tomirlarda va yon tog‘ jinslarida xol-xol donalar holida sul’fidlar bilan hamda asosan tetraedrik, trigon – tritetraedrik va rombododekaedrik qiyofaga ega bo‘lgan kristallar tarzida uchraydi. Aynama rudalarning rangi po‘latdek kulrangdan temirdek qoragacha. Yaltirashi metallsimon yoki yarim metallsimon. Shaffof emas. Ulanish tekisligi yo‘q. Sinishi silliq emas. Qattiqligi 3-4,5. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi – 4,6-5,1. Aynama rudalar elektr tokini juda kam o‘tkazadi. Mikroskop ostida silliqlangan shliflarda aynama rudalar kulrang, ba’zan qo‘ng‘ir, izotrop. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi 30%. Aynama rudalarni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib kristallarni tetraedrik shakli, singanda xira yaltirashi va mo‘rtligi (pichoq bilan chizganda chiziq maydalanib, yaltiroq iz qolmaydi) hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,00; 1,839; 1,568 (tetraedrit uchun); 2,94; 1,803; 1,537 (tennantit uchun). HNO 3 da erib S, Sb 2 O 3 va As 2 O 3 ajralib chiqadi. Dahandam alangasida erib kulrang gard hosil bo‘ladi va As 2 O 3 , Sb 2 O 3 ajralib chiqadi. Aynama rudalar ko‘p tarqalgan minerallardan hisoblanib, lekin yirik uyumlarni juda kam hosil qiladi. Aynama rudalar gidrotermal eritmalardan hosil bo‘lib, rudali tomirlarda boshqa sul’fidlar bilan birgalikda uchraydi. Ayrim 135 hollarda pnevmatolit va ekzogen jarayonlarda hosil bo‘lganlari ham uchratilgan. Kuzatishlarning ko‘rsatishicha aynama rudalarni kub – romb – dodokaedrik qiyofadagi kristallari ko‘pincha karbonat tog‘ jinslarida uchrab, tetraedrik qiyofadagi kristallari esa sul’fidli tomirlarda uchraydi. Gidrotermal jarayonlarda aynama rudalar qalay bilan (Angliyadagi Koruell koni, Oltoyda), molibden bilan (Oltoy), vol’fram bilan (Uraldagi Gumbeyka), oltin bilan (Uraldagi Berezovsk, Sharqiy Sibirdagi Darasun), kumush bilan (Amerikani G‘arbiy rayonlari), mis bilan (Uralni kolchedan konlari), polimetallar bilan (Donbass, Oltoy), sur’ma bilan (Farg‘ona), margimush bilan (Kavkaz konlari) birgalikda keladi. O‘zbekistonda mis, oltin va qo‘rg‘oshin-ruxli konlarda aynama rudalar eng ko‘p uchraydigan rudali minerallar qatoriga kiradi. Aynama rudalarni eng katta amaliy ahamiyati ularni tarkibida ko‘pincha oltin va kumush aralashmasini bo‘lishidir. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling